TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
FVMMTB - Rasmiy kanali avatar

TGINSIGHT CHAT

FVMMTB - Rasmiy kanali

@farvmmtb

Elimu

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali ✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar ✔️ Ijtimoiy yangiliklar ✔️ Ta'lim yangiliklari

Wanachama8,610Wanachama wa sasa
Machapisho1,001Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni10,629Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 1 kati ya 84 · machapisho 1,001

Imechapishwa 24 Apr

#Sayyor_qabul 💎Bag‘dod tumanida boshqarma boshlig‘ining sayyor qabuli boshlandi 🌐Avval xabar berilganidek, bugun Bag‘dod tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining jismoniy hamda yuridik shaxslar bilan navbatdagi “Sayyor qabul”i bo‘lib o‘tmoqda. 🔰Mazkur tadbir Bag‘dod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi binosida tashkil etilgan bo‘lib, unda hudud aholisi o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan bevosita murojaat qilish imkoniga ega bo‘lmoqda. ♻️Qabul jarayonida Sherzod Dolimov fuqarolarning murojaatlarini tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar bermoqda. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

430 views

Imechapishwa 24 Apr

#OABda BIZ 🔴Yangiliklar Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Zakovat" intellektual turnirining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

673 views

Hashtags

Imechapishwa 24 Apr

💎Yoshlar kuni doirasida 💥Buvayda tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 2025–2026 o‘quv yilining samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. 🔸Unda tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i, ota-onalar, muassasa pedagogik jamoasi hamda soha mutasaddilari ishtirok etdilar. ⚡️Tadbir davomida o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. 🔶So‘zga chiqqanlar maktab jamoasining fidokorona mehnatini yuqori baholab, erishilgan yutuqlarni alohida e’tirof etdilar. 🔻Ta’kidlanganidek, joriy o‘quv yilida 43 nafar bitiruvchining 29 nafari milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin talaba bo‘lgan. 🔅Shuningdek, o‘quvchilarning aksariyati turli sertifikatlar hamda xorijiy tillar bo‘yicha B2 darajasiga erishgani alohida qayd etildi. 🔹Mazkur natijalar tizimli yo‘lga qo‘yilgan fan to‘garaklari hamda ustozlarning sidqidildan olib borayotgan samarali mehnati samarasi ekani ta’kidlandi. 💫Tadbir yakunida ilg‘or o‘quvchilar tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

960 views

Imechapishwa 23 Apr

💎Toshloq tumanida “Kitobxonlik oyligi” doirasida kitob taqdimoti o‘tkazildi 🔰Toshloq tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kitobxonlik oyligi” doirasida ijodkor Ahmadali Teshaboevning “Ibratnoma” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. ♻️Mazkur tadbirda kitob muallifi ishtirok etib, o‘zining ijodiy faoliyati, asar yaratilish jarayoni hamda kitobning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. ❇️ Uchrashuv davomida o‘quvchilar va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga muallif tomonidan atroflicha javoblar berildi. 🟢Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✅Yakunda soha mutasaddilari bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarni muntazam tashkil etish yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirish, ularni kitob mutolaasiga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

784 views

Imechapishwa 23 Apr

💎“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” 🌐Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Qo‘qon shahri, Furqat hamda O‘zbekiston tumanlarida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri doirasida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. ➡️Qo‘qon shahridagi 44-sonli, Furqat tumanidagi 37-sonli hamda O‘zbekiston tumanidagi 49-sonli umumta’lim maktablarida tashkil etilgan mazkur uchrashuvlar davomida yuqori sinf o‘quvchilari bilan ochiq va samimiy suhbat olib borildi. 📊 Muloqot jarayonida yoshlarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki, kelajakdagi kasb tanlovi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash masalalari muhokama qilindi. ⌛Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan ilgari surilayotgan innovatsion g‘oyalar bilan yaqindan tanishilib, ularning zamonaviy fikrlashi, yuqori ijodkorlik salohiyati hamda amaliy loyihalarga bo‘lgan qiziqishi alohida e’tirof etildi. 🔹Ayrim istiqbolli g‘oyalar innovatsion dasturlar doirasida qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi. ⬇️Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni yanada rivojlantirish va amaliyotga keng joriy etish masalalariga alohida urg‘u berildi. 📍Mazkur loyihalarni hayotga tatbiq etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi, yoshlarning izlanishlarini rag‘batlantirish muhim ekani qayd etildi. 🔵Muloqotlar davomida o‘quvchilarning fikr va takliflari tinglanib, ularning qiziqishlari, kelajak rejalari hamda ta’lim jarayoniga oid muammolar atroflicha muhokama qilindi. ➡️Yoshlarni zamonaviy bilim olishga undash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ⬇️Ta’kidlash joizki, bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolariga joyida yechim topish hamda ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌐Ochiq muloqot yakunida rahbar ishtirokchilarning fikr va mulohazalarini tinglab, ular tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berdi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

659 views

Imechapishwa 23 Apr

555 views

Imechapishwa 23 Apr

#DIQQAT_MUHIM Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida PASPORT (ID KARTA) olishlarini so‘raydi ✅Ma’lumki, abituriyentlarning OTMga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish jarayonida bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytiga kiritish talab etiladi. ❗️Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz. 🧑🏻‍💻Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti bilan integratsiya qilingan. ❗️Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 472 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 15 108 nafari (3,2%) pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning pasport ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan. Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar! ⚡️Farzandingizning Konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini elektron bazaga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni so‘raymiz. 📍Ma'lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etishlari zarur. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin

506 views

Imechapishwa 23 Apr

💎Bugun Quvasoy shahrida joylashgan Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda Farg‘ona viloyati maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh chegarachi” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 📍Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, jismoniy chiniqish darajasini oshirish hamda harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. ➡️Unda viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar o‘zaro bellashib, epchillik, chaqqonlik va jamoaviy hamjihatlik borasida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. ⬇️Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra Dang‘ara tumani 11-umumta’lim maktabining “Qalqon” jamoasi 1-o‘rinni, So‘x tumani 18-umumta’lim maktabining “Sarhad” jamoasi 2-o‘rinni va Farg‘ona tumani 55-umumta’lim maktabining “Turon” jamoasi 3-o‘rinni egalladi. 📊Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

867 views

Imechapishwa 23 Apr

#Sayyor_qabul 📣 Bag'dod tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining jismoniy va yuridik shaxslar bilan navbatdagi “Sayyor qabuli” bo‘lib o‘tadi. ⏰Sanasi va vaqti: 2026-yil 24-aprel kuni soat 09:00 da 📍Manzil: Farg‘ona viloyati Bag'dod tumani, Oq-oltin ko'chasi 4-uy, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi binosi 🔰 Mo‘ljal: Markaziy sport o'yingohi yonida 📞 Bog‘lanish uchun: (73) 244-31-18, (73) 244-30-93 Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

905 views

Imechapishwa 23 Apr

💎“Rahbar va yoshlar” tadbiri boshqarma boshlig‘i ishtirokida davom etmoqda 📊Avval xabar berganimizdek, bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov hududlarda bo‘lib, maktab o‘quvchilari bilan ochiq va samimiy muloqotlar o‘tkazmoqda. 🔰Kun davomida rahbar Qo‘qon shahri hamda Furqat tumanidagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, ayniqsa yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi. ♻️Muloqotlar jarayonida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularning qiziqishlari, kelajak rejalari hamda ta’lim jarayoniga oid muammolar muhokama qilindi. 🟢Hozirda ushbu ochiq muloqotlar O‘zbekiston tumanidagi 49-maktabda davom etmoqda. “Rahbar va yoshlar” tadbiri doirasida o‘quvchilar bilan bevosita suhbat olib borilib, ularning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda. ✔️ Shuningdek, yoshlarni zamonaviy bilim olishga undash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. ♻️Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolariga joyida yechim topish va ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

1,040 views

Imechapishwa 23 Apr

#Attestatsiya #Kun_natijasi 🔻14-kun natijalari 💎Xabaringiz bor, pedagoglar attestatsiyasi respublikamiz bo‘ylab qizg‘in davom etmoqda. 🔰Farg‘ona viloyatida ham o‘qituvchilar ushbu jarayonda faol ishtirok etmoqdalar. 📊Bugungi malaka sinovlarida Buvayda tumani 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Turg‘unov Azizjon Adxamovich muvaffaqiyatli qatnashib, 96 ball natija bilan oliy toifasini munosib himoya qildi. 🟢Mazkur natija o‘qituvchining kasbiy mahorati, bilim va tajribasi yuksak ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

1,500 views

Imechapishwa 23 Apr

💎Ayni damda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Furqat tumanidagi 37-maktabda bo‘lib, iqtidorli o‘quvchilar tomonidan ilgari surilayotgan innovatsion g‘oyalar bilan yaqindan tanishmoqda. ⬇️Uchrashuv davomida o‘quvchilarning zamonaviy fikrlashi, yuqori ijodkorlik salohiyati hamda amaliy loyihalarga bo‘lgan qiziqishi alohida e’tirof etildi. ➡️Shuningdek, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni yanada rivojlantirish va amaliyotga keng joriy etish masalalariga ham alohida urg‘u berildi. ⌛Ta’kidlash joizki, ilgari surilgan ayrim g‘oyalar innovatsion dasturlar doirasida qo‘llab-quvvatlandi. 📍Mazkur loyihalarni hayotga tatbiq etishda amaliy ko‘mak berilishi bildirilib, yoshlarning izlanishlarini rag‘batlantirish muhim ekani qayd etildi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

1,750 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
IliyotanguliaUk. 1 kati ya 84Inayofuata