Maudhui
🤩 Do‘stlar, yangi o'quv yilidan boshlab bankimiz WIUT magistratura talabalariga moliyaviy yordam ko'rsatishni boshladi. Ipak Yo‘li Bank stipendiyasi loyihasida 26 nafar magistratura talabasi ishtirok etdi va 2 nafar finalchi tanlandi. "Stipendiya dasturlari talabalarga o'qish davomida o'z imkoniyatlarini to'liq ro'yobga chiqarish imkonini beradi. Bank iqtidorli talabalarga sarmoya kiritadi, yoshlar auditoriyasi uchun turli xil dasturlar va tashabbuslarni yaratadi. WIUT talabalari va bitiruvchilari kadrlar salohiyatini rivojlantirishning ajralmas qismidir. Har yili biz bitiruvchilarni bankdagi turli yo‘nalishlarga qabul qilamiz, shuning uchun biz WIUT'ning iqtidorli, muvaffaqiyatga erishgan va eng yaxshi talabalarini ta'lim olish jarayonida qo‘llab – quvvatlash muhim, deb hisoblaymiz", — dedi Adibaxon Karimova, Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig’i. Talabalarni g‘alaba bilan tabriklaymiz!🏆 Bank stipendiyasi loyihasida ishtirok etishni xohlaysizmi? ❤️ ha 🤔 yo‘q