Maudhui
Do'stlar, biz TEDdan karyera haqida ilhomlantiruvchi videolarini qidirdik va eng yaxshilarini siz uchun tanlab oldik. Bu dunyoga yangi narsalarni taklif qiluvchi ma'ruzachilar ishtirokidagi konferentsiyadir. Saqlang va do'stlaringizga ulashing😎 1️⃣"Ish va hayot o'rtasidagi muvozanatni qanday topish mumkin", Nayjel Marsh Ruscha subtitrlar: bor. Video davomiyligi: 10 daqiqa. Ma'ruzachi 7 yil davomida work-time balance masalasini o'rgandi va shu mavzuda kitob yozdi. U o’zining quyidagi 4 ta maslahatlari bilan bo'lishdi: 1) oila va ish bilan bog'liq bo’lgan cheklovlaringizni haqqoniy muhokama qiling; 2) davlat biz uchun muvozanat muammosini hal qilmasligini tan oling. Bu bizning mas'uliyatimiz; 3) balansingizdagi muvaffaqiyatingizni baholash uchun darajani tanlang. Sizning idealingizdagi muvozanatli kuningiz qanday? 4) yodingizda tutingki, 2 soatlik sport zali 10 soatlik ish kuni muammosini hal qilmaydi, do'stlar bilan yig'ilishlar esa 4 soatlik ishga qatnov muammosini hal qilmaydi. Ma'ruzachi ish va hayot muvozanati muammosiga ehtiyotkorlik va mas'uliyat bilan yondashishni ta’kidlaydi. Uning videosini shu yerda ko'rishingiz mumkin👈 2️⃣"Istagan narsangizga erishish uchun 3 qadam", Ruchi Sina Ruscha subtitrlar: bor Video davomiyligi: 5 daqiqa. Ijobiy natijaga erishish uchun muzokaralarni qanday olib borish kerak: 1) Muzokaradan oldin savol va muammolarni yaxshilab o'rganing. Misol uchun, agar siz ish lavozimingizni ko'tarishlarini so'ramoqchi bo'lsangiz, hozirgi paytda o'rtacha ish haqiga, shuningdek, yutuqlaringizga ahamiyat bering; 2) sizning so'rovingiz qabul qilinishi yoki rad etilishi mumkinligiga aqlan tayyorlaning, ammo bu sizning mutaxassis va shaxs sifatidagi qadringizga ta'sir qilmaydi; 3) o'zingizni suhbatdoshingiz o'rnida tasavvur qiling. U qanday tavakkalga duch keladi? Unga bosim o'tkazilyaptimi? Uning resurslari yetarlimi? Ma'ruzachi bu haqida videoda juda qiziq ma’lumotlarni beradi👌 3️⃣"Qanday qilib ish qidirish og'ri g'ini kamaytirish mumkin", Priyanka Jain Ruscha subtitrlar: bor. Video davomiyligi: 5 daqiqa. Ish qidirish - bu ham stressdir. Ariza beruvchilarning 75% ga yaqini rahbardan hali ham javob ololmagan. Ma'ruzachi ishga qabul qilishdagi yangi test usullari haqida gapirib beradi. Bu yosh, jins yoki terining rangi emas, balki shaxsiyat xususiyatlariga e'tibor qaratish imkonini beradi. Texnologiyalar ishingizni topishga yordam beradi, rahbarlarga esa o'z xodimini. Qanday qilibmi? Videoni tomosha qiling 👈 #лайфхаки#советырекрутера