Maudhui
🤩Do'stlar, biz o'tgan hafta Bankda bo'lib o'tgan ajoyib voqea haqidagi taassurotlarimizni siz bilan bo'lsihmoqchimiz. Bu Evrika maktabi o'quvchilari va Ipak Yo'li Bank jamoasi o'rtasidagi uchrashuv-tanishuv! Biz yosh o'quvchilar uchun mahorat darslarini o'tkazdik: 🔥 ochiq muloqot chog'ida korporativ madaniyat tubdan muhokama qilindi; 🔥 o'quvchilar moliya va biznesni boshqarish sohasida bilim olishga qaratilgan “Oʻz biznesingni yarat” biznes oʻyinini oʻynashdi. Bank tuzilmasida kredit mahsulotlarining o‘rni haqida ma'lumotlar olishdi; 🔥 o'quvchilar eng yaxshi bank ximzatlarni taqdim etuvchi Bank jamoasi bilan tanishishdi. ➡️ Shuningdek, hamkasblarimiz “Moliyaviy tejash” mavzusida ma’ruza qilishdi. Bu borada sizga qiziqarli va foydali bo'lishi uchun nimalar haqida gapirish kerak ekanligini bilamiz. “Ipak yo‘li” bankining bu boradagi tajribasi turli sovrinlar va mukofotlar bilan tasdiqlanadi. Ushbu ma'ruza talabalar qalbidan o'z o'rnini topganidan xursandmiz! #обучение