TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
Britaniya taʼlimi O'zbekistonda 🇬🇧🇺🇿 International Agriculture University avatar

TGINSIGHT CHAT

Britaniya taʼlimi O'zbekistonda 🇬🇧🇺🇿 International Agriculture University

@iqf_tashkent

Elimu

Buyuk Britaniya taʼlimi "International Agriculture University"da 🇬🇧🇺🇿 Business management (Biznes boshqaruv) IT (Axborot texnologiyalar) Accounting (Buxgalteriya hisobi) Pedagogy (Ta’lim va pedagogika) Batafsil ma'lumot uchun: 78-333-12-12

Wanachama1,850Wanachama wa sasa
Machapisho97Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni17,057Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 1 kati ya 9 · machapisho 97

Imechapishwa 2 Jun

#XalqaroHamkorlik Toshkent shahridagi Inha universiteti Xalqaro malaka va baholash markazi(IQAC - International Qualifications and Assessment Centre)bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjatga asosan endilikda universitet O‘zbekistonda Buyuk Britaniyaning Tartibga solingan malakalar tizimi (RQF) asosidagi bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif etishi mumkin. Ushbu xalqaro miqyosda e’tirof etilgan dastur RQF 3-darajadan 7-darajagacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi va ikki yo‘nalishda — Axborot texnologiyalari hamda Biznes boshqaruvi bo‘yicha amalga oshiriladi. Dastur to‘rt yillik o‘quv jarayonini o‘z ichiga oladi va nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

908 views

Imechapishwa 14 Apr

💨 Kasbiy va oliy ta’lim tizimiga xalqaro standartlar joriy etilmoqda 🗣Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, xalqaro darajada tan olingan milliy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha birinchi navbatdagi choralar tasdiqlandi. Strategik islohotlar agentligi tashabbusi bilan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda xalqaro "IQF – Integrated Qualifications Framework" kompaniyasi hamkorligida Xalqaro malakalar va baholash markazi tashkil etilmoqda. Markazning asosiy vazifalari – xalqaro standartlar asosida integratsiyalashgan dasturlarni ishlab chiqish, jumladan qurilish, muhandislik, axborot texnologiyalari, transport va logistika, turizm, mehmonxona xizmati va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarida xalqaro ta'lim dasturlarini bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, kasbiy malakalarni belgilash va mehnat bozoriga mos milliy malaka sertifikatlar tizimini yaratishdan iborat. Dastlabki bosqichda Markaz kasbiy va oliy ta’limning integratsiyalashgan dasturlari asosida tahsil olgan talabalar kreditlari va o‘qish natijalarini "Chartered Management Institute" xalqaro tashkiloti hamda Buyuk Britaniyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari (Gloucestershire, Hertfordshire, QA Higher Education, Northumbria, Ulster, West London, Central Lancashire, Wolverhampton) tomonidan tan olinishini ta’minlaydi. Markaz faoliyati mahalliy va xalqaro mutaxassislar ishtirokida yo‘lga qo‘yilib, O‘zbekiston ta’lim tizimini xalqaro maydonga integratsiya qilishda muhim bo‘g‘inga aylanishi kutilmoqda. 💨 Внедряются международные стандарты в систему профессионального и высшего образования 🗣Постановлением Кабинета Министров утверждены первоочередные меры по разработке и внедрению национальных образовательных программ, признанных на международном уровне. По инициативе Агентства стратегических реформ, в сотрудничестве с Министерством высшего образования, науки и инноваций, Министерством занятости и сокращения бедности, а также международной компанией «IQF – Integrated QualificationsFramework» будет создан Центр международных квалификаций и оценки. Основными задачами Центра являются разработка интегрированных образовательных программ на основе международных стандартов, поэтапное внедрение международных учебных программ в таких направлениях, как строительство, инженерия, информационные технологии, транспорт и логистика, туризм, гостиничный бизнес и бизнес-управление, а также разработка системынациональных сертификатов, соответствующих требованиям рынка труда. На начальном этапе Центр обеспечит признание кредитов и результатов обучения студентов, прошедших обучение по интегрированным программам профессионального и высшего образования, международной организацией «Chartered Management Institute», а также ведущими университетами Великобритании (Gloucestershire, Hertfordshire, QA Higher Education, Northumbria, Ulster, West London, Central Lancashire, Wolverhampton). Центр начнет свою деятельность с участием как отечественных, так и международных специалистов. Предполагается, что он станет важным звеном в процессе интеграции системы образования Узбекистана в международное пространство. facebook⏺Instagram⏺linkedIn⏺twitter⏺youtube⏺website

1,050 views

Imechapishwa 20 Mac

🇺🇿Hurmatli talabalar va ta’lim hamkorlari! Sizlarni milliy qadriyatlarimiz va yangilanish timsoli bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan muborakbod etamiz! IQF oliy ta’lim tashkilotining O‘zbekistondagi vakilligi sifatida sizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va hamkorlikdagi loyihalarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Aziz talabalar, ta’lim yo‘lingizda yuksak natijalarga erishishingizni, kelajakdagi ishlaringizda ulkan zafarlar sizni kutishini tilaymiz! Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸 🇬🇧Dear students and academic partners, We extend our warmest greetings on the occasion of Navruz, a symbol of renewal and national heritage. As the official representative of the Integrated Qualifications Framework in Uzbekistan, we wish you good health, family well-being, and great success in our collaborative projects. To our dear students, we hope you achieve outstanding results in your studies and embark on a prosperous future filled with remarkable achievements. Happy Navruz!

1,010 views

Imechapishwa 12 Mac

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🤝O'zbekistondagi eng nufuzli, hamda xalqaro standardlarga asoslangan holda tashkil etilgan, ko'plab faol yoshlarga ta'lim va tarbiya berayotgan Toshkent shahridagi InterHouse litseyi hamda Buyuk Britaniyaning Integrated Qualifications Framework xalqaro ta'lim tashkiloti vakilligi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 😄 Ushbu xalqaro hamkorlik doirasida InterHouse litseyi o'quvchilarini Buyuk Britaniya ta'lim tizimi asosida faoliyat yurituvchi IQF xalqaro dasturlarida o'qitish masalalari kelishib olindi. 💡Memorandum imzolash marosimidan so'ng, IQF vakillari tomonidan IQF dasturlari, Buyuk Britaniyaning nufuzli oliygohlari, Buyuk Britaniyada ta'lim olish, yashash va boshqa imkoniyatlar haqida masterclass tashkil etildi. Telegram | Instagram

1,130 views

Imechapishwa 14 Jan

🟦🟦🟦🟦🟦 🇺🇿 IQF xalqaro ta'lim tashkilotining O'zbekistondagi vakilligi barcha yurtdoshlarimizni 14-yanvar – "Vatan himoyachilari kuni" bilan tabriklaydi! Ushbu muhim kunda ona yurtimiz tinchligi, farovonligi va osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha vatanparvar insonlarning mehnatlarini yuksak qadrlaymiz. Bugungi bayram har birimizga ona diyorimizning qadr-qimmati va uning mustaqilligini asrashdek mas'uliyatni yodga soladi. Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hukm sursin, xalqimiz baxtli va farovon hayot kechirsin. Bayramning ruhiyati har bir yurtdoshimizning qalbini iliqlik va faxr bilan to‘ldirsin! Har bir xonadonda quvonch, muhabbat va farovonlik barqaror bo‘lsin! Yurtimizning porloq kelajagi yo‘lida barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, mashaqqat bilan mehnat qilishda davom etamiz. 14-yanvar – "Vatan himoyachilari kuni" barchamizga muborak bo‘lsin! 🇬🇧 The IQF International Education Organization’s Representative Office in Uzbekistan extends its heartfelt congratulations to all compatriots on the occasion of 14th January – Defender of the Motherland Day! On this significant day, we deeply value the dedication and commitment of all patriots who tirelessly serve to ensure the peace, prosperity, and stability of our beloved homeland. This celebration reminds us all of the responsibility to cherish and safeguard the independence and dignity of our nation. May peace and harmony always prevail in our country, and may our people enjoy a prosperous and joyful life. Let the spirit of this holiday fill every heart with pride and warmth. We wish every family happiness, love, and well-being. Together, we will continue to work towards a bright and prosperous future for our nation. Happy Defender of Motherland Day to everyone! Telegram | Instagram

1,620 views

Imechapishwa 26 Des

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🤝Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti (MDIST), Singapur xalqaro maktabi (SIS) hamda Integrated Qualifications Framework ta'lim tashkilotining O'zbekistondagi vakilligi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. ✅ Ushbu hamkorlik IQF dasturi talabalariga xalqaro standardlarga javob beruvchi nufuzli MDIST oliygohida ta'limlarini davom ettirish imkoniyati, Singapur xalqaro maktabida Britaniya dasturlarini tashkil etish orqali sifat va samaradorlikni yanada oshirishga, shuningdek yaqin kelajakda keng ko'lamli hamkorliklarda debocha bo'lib xizmat qiladi. Telegram | Instagram

2,029 views

Imechapishwa 2 Des

🎓IT Talabalari Dars Jarayonida IT fakulteti talabalari bugungi darsni kompyuter oldida o‘tkazmoqda. Yangi texnologiyalarni o‘rganish va ularni amalda qo‘llash uchun bor kuch va eʼtibor jamlangan. 🔹 Dasturlash 🔺 Maʼlumotlar tahlili 💻 Texnologik innovatsiyalar Kelajakni yaratish bugundan boshlanadi! Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram

2,270 views

Imechapishwa 29 Nov

Talabalar uchun 5 foydali maslahat: 1. SMART maqsad qo‘ying: Aniq va o‘lchab bo‘ladigan maqsadlar muvaffaqiyat kaliti. 2. Pomodoro usuli: 25 daqiqa ishlang, 5 daqiqa tanaffus qiling. 3. Tinch muhit yarating: Diqqatni jamlash uchun qulay joy tanlang. 4. Foydali ilovalar: Notion, Quizlet, Forest o‘qishingizga yordam beradi. 5. 5 daqiqa qoidasi: Ishni boshlash uchun o‘zingizni 5 daqiqaga sinab ko‘ring, davom ettirish osonlashadi. Bonus:“Atomic Habits” va “Deep Work” kitoblarini o‘qib ko‘ring! Siz qanday usullarni ishlatasiz? Fikr qoldiring! Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram

1,360 views

Imechapishwa 26 Nov

🎓 Nima uchun sun’iy intellektni o‘rganish kerak? Sun’iy intellekt (AI) bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan texnologiyalardan biri bo‘lib, u turli sohalarda tezkor va samarali yechimlarni topishga yordam beradi. 📱ChatGPT bu sun’iy intellektga asoslangan yordamchi bo‘lib, talabalarga quyidagilarda yordam bera oladi: • masalalar yechimida tezkor maslahatlar olishda; • ilmiy va o‘quv matnlar yozishda; • yangi g‘oyalar va loyihalar uchun tavsiyalar qidirishda; • yangi bilimlarni o‘zlashtirish va til o‘rganishda yordam beradi. 📌 Sun’iy intellektni o‘rganishni hozirdan boshlang! Ushbu post sun’iy intellekt tomonidan yozildi. Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram

1,270 views

Imechapishwa 25 Nov

“Kelajakdagi orzular va bilim sari intilish” Bugun talabalarimiz o‘zlari, bilim olishga bo‘lgan intilishlari va kelajakdagi orzulari haqida so‘zlab berishdi. Videoni ko‘rib, yoshlardan ilhom oling! Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram

1,150 views

Imechapishwa 23 Nov

“Buyuk Britaniyada kitob o‘qish odatlari” Buyuk Britaniyada odamlarning kitob o‘qish odatlari juda xilma-xil. O‘rtacha o‘quvchi bir oyda 1-2 ta kitob o‘qiydi, ko‘proq o‘qiydiganlar esa 4-6 tagacha kitobni o‘zlashtiradi. Raqamli texnologiyalar (elektron va audiokitoblar) kitob o‘qishga qiziqishni oshirib, odatlarni o‘zgartirmoqda. Bunday qulay vositalar orqali odamlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga intilmoqda. Siz bir oyda qancha kitob o‘qiysiz? Telegram | Instagram

1,590 views

Imechapishwa 20 Nov

Kelajakka Qaratilgan Dadil Qadam! Bugun talabamiz bilan kelajak haqida suhbat qildik. 5 yildan keyin o‘zini qayerda ko‘rishini soʻradik! Ushbu yuksak maqsad yo‘lida talaba hozirda chuqur bilim olib, o‘zini tayyorlamoqda. Bu intilish unga kelajakda orzusiga erishish uchun mustahkam poydevor yaratmoqda. Biz bunday ezgu niyat va maqsadlarga intilayotgan barcha talabalarni qo‘llab-quvvatlaymiz va ularga muvaffaqiyat tilaymiz! Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram

1,670 views
123•••89
IliyotanguliaUk. 1 kati ya 9Inayofuata