TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Nice time - Tezkor yangiliklar
Nice time - Tezkor yangiliklar avatar

TGINSIGHT POST

Post #535

@nicetime7

Nice time - Tezkor yangiliklar

Mionekano158Idadi ya mionekano
Imechapishwa16 Jan16/01/2025, 06:29
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Toshkent teleminorasi ishga tushirilganiga 40 yil bo‘ldi 1985-yilning 15-yanvar kuni o‘z davrining to‘rtinchi eng baland minorasi foydalanishga topshirilgandi, kecha ushbu sanaga 40 yil to’ldi. Toshkent teleminorasi haqidagi ayrim qiziqarli faktlar: 🔹 Teleminora avvaliga 🇮🇶Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida qurilishi kerak edi. Biroq mamlakatda 1963-yil fevralda boshlangan harbiy to‘ntarish sababli loyiha amalga oshmay qoladi; 🔹Sharof Rashidov inshoot maketini Moskvadagi xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasida ko‘rib qolib, Toshkent metropoliteni bilan birgalikda uning qurilishi uchun shaxsan Leonid Brejnevdan ruxsat oladi; 🔹Teleminora dastlab hozirgisidan pastroq qilib qurilishi rejalashtirilgan, ammo Qozog‘istonning Olmaota shahrida 371 metrli Ko‘ktepa teleminorasi qurilishi e'lon qilinganidan so‘ng, uni 375 metrga yetkazish uchun qayta ruxsat olingan; 🔹1986-yilda Pirimqul Qodirovning “Olmos kamar” romani asosida film suratga olish jarayonida teleminora trosiga urilib ketgan Mi-8 vertolyoti halokatga uchragan. Bortdagi 6 kishining barchasi halok bo‘lgan; 🔹Shamol vaqtida teleminora yuqorisi 6 metr radiusda silkinib turadi; 🔹Minorani zanglashdan asrash uchun har 7-8 yilda bir marta alohida tayyorgarlikdan o‘tgan machtachi-alpinistlar uni maxsus bo‘yoqlar bilan bo‘yashadi. Foto: teleminoraning qurilish jarayoni (1981-yil) 👉@xushnudbek👈