TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
Baxtiyor Nodirqulov | Dizayn blog avatar

TGINSIGHT CHAT

Baxtiyor Nodirqulov | Dizayn blog

@nobazo_design

Muundo

► Grafik va brend dizayner ► Grafik dizayn bo'yicha mentor • Soha bo'yicha bilim va shaxsiy fikrlarim. Ko'ring, eslang, ishoning! Murojaat uchun: @nobazo

Wanachama138Wanachama wa sasa
Machapisho38Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni14,891Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 1 kati ya 4 · machapisho 38

Imechapishwa 7 Apr

Bundan bir necha yillar avval qiynalib manipulatsion yoki murakkabroq posterlar tayyorlab o’tirganimizda, qaniydi shundoq ideani aytsak Photoshop o’zi dizayn qilib bersa degan gaplarimiz esimga tushib ketdi. Mana hozir o’sha hayollarimiz chinga aylanmoqda.

606 views

Imechapishwa 6 Apr

Assalomu alaykum! Uzoq muddatli tanaffusdan so'ng, ushbu chang bosgan blog faoliyatini davom ettiramiz!

613 views

Imechapishwa 3 Jun

#muhokama Grafik dizayn = Stress Ish, o'qish va turli jarayonlarda stressga tushganmisiz? Shunday holatlarda qanday yechim qilasiz? Ya'ni stressdan qanday chiqasiz? Keling chatda shu mavzuni muhokama qilib fikrlar almashamiz.

2,670 views

Hashtags

Imechapishwa 29 Mac

⚡️ #dizayn #fikrlash #design #thinking #дизайн #мышление ⚡️ "Ideal holatda tik turib fikrlash kerak" O’tirgan vaqtda "Majlis" rejimiga o’tib qolamiz va uyqu kelishi mumkin 🥱 Dizayn Blog | Shaxsiy Blog

2,130 views

Imechapishwa 29 Mac

Baxtiyor Nodirqulov | Dizayn blog pinned «⚡️ #dizayn #fikrlash #design #thinking #дизайн #мышление ⚡️ "Ideal holatda tik turib fikrlash kerak" O’tirgan vaqtda "Majlis" rejimiga o’tib qolamiz va uyqu kelishi mumkin 🥱 Dizayn Blog | Shaxsiy Blog»

views

Imechapishwa 20 Mac

#book Yaxshi dizaynerlar dizayn qoidalarini buzishdan oldin qoida bilan ishlashni o'rganadilar. ©️Erik Shkipermann "Shrift haqida" kitobidan @nobazo_design

1,120 views

Hashtags

Imechapishwa 13 Mac

#subyektiv#feedback Fidbek (feedback) — bajargan ishingizga nisbatan bildirilgan fikr-mulohaza 📝 Fidbek — mohiyatini tushunmaganlar uchun haqorat 🤬 Fidbek — mohiyatini tushunganlar uchun rivojlanish kaliti 🔑 @nobazo_design

1,150 views

Imechapishwa 10 Feb

#subyektiv Grafik dizayner - cheklovlarni yechimga aylantira oladigan inson. © Baxtiyor Nodirqulov @nobazo

2,410 views

Hashtags

Imechapishwa 4 Feb

📊O'tkazilgan so'rovnamalarning natijasidan kelib chiqib xulosa qilamiz: Vazifa berilgandan keyin ishni qancha vaqt ichida boshlashingizdan qat'iy nazar, dizayningiz uchun g'oya, asosan, dedlaynga kamroq vaqt qolganda kelishini kuzatishimiz mumkin. Ya'ni biz qanchalik cheklovga yaqinlashsak, ish samaradorligimiz shunchalik ortib ketadi. Bunga yana bir misol keltirmoqchiman: men ustozlik faoliyatimdagi kuzatishim va tajribamdan kelib chiqib shuni aniq ayta olamanki, o'quvchilar imtihonga yaqin shu darajada qattiq ishlashadiki, hatto bir oylik vazifasini bir necha kunda bajarib tashlaydigan holatda bo'lishadi. Chunki ular imtihondan o'ta olmay qolishdan, kursni qayta o'qishi kerakligidan yoki to'xtatishiga to'g'ri kelishi mumkinligidan xavotirga tushishadi. Xulosa qilib aytganda kishi uchun qo'rquv ham bir cheklovdir.

1,280 views

Imechapishwa 4 Feb

Cheklovlardan foydalanish 01 Dizaynerga hamma narsadan ko'ra cheklovlar kerak. 02 Ushbu gapning to'g'riligini tekshirish uchun tajriba o'tkazamiz. Keling, dizaynerni chaqirib, unga xohlagancha pul taklif qilaylik. 03 — Ko'p pul evaziga biz uchun dizayn ustida ishlashga tayyormisiz? — Ha, bu men uchun sharaf. — Bizning bir shartimiz bor: biz sizni hech qanaqa cheklamoqchi emasmiz. — Ajoyib, bu men aynan orzu qilgan mijoz. Sababi butun umrim davomida cheklashlar bilan qiynalib o‘tdim, endi esa... — Gapingizni bo‘lishga ruxsat bering. — Ha, ha, albatta, eshityapman. — Bizga dunyodagi eng yaxshi dizaynni tayyorlab bering. — Nimaning dizayni? — Bizning shartimiz cheklovlarning yo'qligi. — Ah... uh... mmm... 04 Dizaynerning miyasi portlab ketadi. 05 Chegarasiz ijod yo'q. Eng yaxshi dizaynlar eng qiyin talablardan kelib chiqqan. Qilinishi kerak bo'lgan dizayn 60x90 o'lchamli, 2 xil rangda gazeta qog'oziga "pechat" qilinadi. Dizayn 72 pt o'lchamli Baskervil shrifti bilan logotipni ishlatgan holda falon guruhning 3 kundan keyin bo'ladigan konsertiga tayyorlanishi kerak. Shuning uchun hamma narsa 4 soat ichida tayyorlanib, chop etilib tarqatilishi kerak. Mana cheklovlar, bu yerda ijodkorlik uchun haqiqiy maydon. Bunday topshiriq berilgan dizayner yaxshi ish qiladi, lekin "eng yaxshi ishni" qilishini aytgan dizayner hech narsa qilmaydi. 06 Dizaynerlar o'zlarining dizaynlariga mijozlarni "bir oz qizil qo'shish" yoki "logotipni kattaroq qilish" ga majburlayotganidan shikoyat qilganda bu bema'ni va professional bo'lmagan qo'rqoqlikning odatiy namunasidir. Har qanday cheklovlar to'plami bilan yaxshi bajarilishi mumkin. Shu sababli, mijozni tashvishlantirishi kerak bo'lgan yagona narsa — ular unga qanchalik hurmat bilan munosabatda bo'lishlari va umuman olganda uning vazifasi qanchalik qiziqarli ekanligidir. Bundan tashqari, talablar katta va qat'iy bo'lishi mumkin va bo'lishi kerak. 07 Muallifning ham shaxsiy tajribasi eng og'ir sharoitlarda, pul yo'q, talablar juda yuqori bo'lgan paytda shakllangan. Muallif mablag' yetishmasligidan xavotirlanish o'rniga hozirgi sharoitda qanday qilib yaxshi ish qilish kerak degan savolni qo'ydi. Bu savolga javob - natija. 08 Bilim: Yaxshi dizayn faqat cheklovlarda tug'iladi. ©️ "Ководство" Artemiy Lebedev @nobazo_design

1,050 views

Imechapishwa 8 Okt

#swiss#qiziq Swiss uslubining raqamlar bilan faol ishlashi deganimizda boshqa uslublarga nisbatan dizaynda raqamlar ko'proq ko'zga tashlanadigan qilib kontrast qilinadi. Odamlar raqamlarni ko'rib qiziqishi uyg'onadi va raqamni yoki uning yonidagi tegishli ma'lumotni o'qishiga sabab bo'ladi. Swiss haqida gaplashishda davom etamiz... @nobazo_design

953 views

Hashtags

IliyotanguliaUk. 1 kati ya 4Inayofuata