TGINSIGHT CHAT
Numonov.co
@numonovdesign
Muundo🎨 Grafik dizayn (4 yil) • 🎬 Motion dizayn (6 oy) • vizual fikrlash, animatsiya va pozitsiya. • 500+ infografika • 25+ muvaffaqiyatli loyiha 📂 Portfolio: @numonovco 📩@numonovsh
Machapisho ya hivi karibuni
Uk. 1 kati ya 46 · machapisho 549
Imechapishwa 12 Apr
AI’da retouch qilish uchun daxshat prompt topdim 😎 Yuzni to'g'irlayman deb yarim kun vaqt ketkazib o'tirmanglar. Bitta prompt bilan terini tiniq, tabiiy chiqarsa bo‘lyapti. Menga ma'qul keldi, sizlar ham bir ishlatib ko'ringlar. Yoqsa bittadan reaksiya bosib qo'yamiz! 👇 Professional skin retouch with premium sharpness, advanced blemish correction, remove pimples, acne, blackheads, temporary spots, and uneven skin texture from face and arms, intelligent smoothing while preserving natural pores, smooth healthy skin with realistic texture, no plastic skin effect, fully preserve the original skin tone and undertone, suitable for any complexion, avoid over-brightening or darkening, keep facial details accurate, eyes, eyebrows, eyelashes, beard, and hair untouched, high-end beauty editorial finish, balanced lighting, refined contrast, subtle facial definition, realistic skin retouch, studio-quality result, ultra detailed, natural skin texture, 3x upscale ultra sharp, HD, photorealistic, cinematic clean finish.
Imechapishwa 9 Apr
Google Vids platformasini bilasizmi? 🎬 Ajoyib yangilik: Eng kuchli Veo 3.1 video modeli hozirda bu platformada bepul ishlamoqda! 🚀 Bu platforma bilan nimalar qilsa bo'ladi: 🤔 ✍️ Matn → Video — bir necha prompt yozasiz, tayyor video olasiz 🌠Image → Video — rasmlarni animatsiya qilish mumkin (hozir trendda bo'lgan lego videolarini tayyorlash uchun foydali manba) 📊 Prezentatsiya → Video — slaydlaringizni jonli videoga aylantiradi 🎵 Ovoz qo'shish — AI avtomatik ravishda sfx'lar, musiqa yaratadi 🤝 Birgalikda ishlash — jamoada hamkorlikda tahrirlash mumkin 💡 Qisqasi: Veo 3.1 hozircha tekinga ishlatsa bo'ladi! 🔗https://workspace.google.co.ug/intl/ru/products/vids/ Sinab ko'rdingizmi? 👇
Imechapishwa 8 Apr
... lekinPhotoshopni rossa sog‘inibman! 🤔 3 oy oldin Adobe'ni "obunasi" tugab, Figmaga muhojir bo‘lib ketuvdim. Figma'yam yomonmas ekan, skillarni ancha pishirib, qo‘lni kelishtirib oldik. Lekin baribir Photoshopni o‘rni bo‘lakcha ekan-da, baraka topgur! 🚀 Boyatdan beri "installyatsiya" qilib olib, bitta Photoshopga kirsam, xuddi uzoq safardan uyimga qaytib kelgandek bo‘ldim. Mazza! 💎 Sog‘inch kuchlilik qilib, bitta o‘tirishda 2-ta SMD tayyorlab tashladim. Qaranglar-chi, Photoshopni kuchi sezilyaptimi? 🔥
Imechapishwa 8 Apr
Balki bilarsiz, balki hali xabar topmagandirsiz... 🤔 Google Labs’ning ImageFX Flow platformasi professional foydalanish uchun juda qulay imkoniyatlarni taqdim etmoqda. 🚀 Nima uchun foydali?🧐 🚫 Watermark yo‘q: Rasmlarda hech qanday AI belgilari yoki ortiqcha yozuvlar mavjud emas. 💎 2K sifat: Vizuallarni yuqori aniqlikda (2K) yuklab olish mumkin. Agar obuna sotib olinsa, sifatni 4K gacha ko‘tarish imkoniyati bor! 🖼 🔥 Nano Banana 2 & Pro: Eng so‘nggi va kuchli AI modellar asosida ishlaydi. ♾ Bepul va limitsiz: Hozirda generatsiyalar soniga hech qanday cheklov qo‘yilmagan. Havola:labs.google/fx/tools/flow
Imechapishwa 7 Apr
Ko'pchilik dizaynerlar Pinterest'da shunday qidiradi: "logo design" "education logo" "minimalistic logo" Buning o'rniga shunday yozing 👇 brand identity system restaurant brand identity system fitness brand identity system clinic Natija — to'liq brend tizimi: logotip, rang palitrasi, tipografiya, mockup — hammasi bir joyda. Reference sifati 10x oshadi.
Imechapishwa 7 Apr
Biz ham trenddan ortda qolmadik)
Imechapishwa 31 Mac
Behance’da yangi ishni yukladim! 🚀 FC YAYPAN klubi uchun tayyorlangan logo. Markazida “Do‘stlik stellasi” tasvirlangan — uch qo‘shni davlat (O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston) chegaralaridagi do‘stlik ramzi. Logo 2025-yil may oyida tuman hokimligi va AyTi-Yaypan-Kelajak bilan hamkorlikda tayyorlangan. FC YAYPAN klubi Proleague va Uzbekistan Cup (O'zbekiston kubogi) musobaqalarida ishtirok etadi. Behance’da to‘liq loyihani ko‘rish: https://www.behance.net/gallery/246760225/Logo-design-FC-YAYPAN
Imechapishwa 31 Mac
Dizayn nega qimmat? Ko‘p hollarda mijozlar dizaynerdan price olganida: “Bitta logotip-ku, nega buncha qimmat?” — degan savolni berishadi. Aslida, dizayner faqatgina dasturda shakllarni chizgani uchun pul olmaydi. Narxning shakllanishi ortida ko‘rinmas, ammo ulkan jarayon yotadi. Nima uchun sifatli dizayn arzon bo‘lishi mumkin emas? Tadqiqot va tahlil: Ish boshlashdan oldin dizayner bozorni, raqobatchilarni va maqsadli auditoriyani o‘rganadi. Bu dizaynning shunchaki chiroyli emas, balki "muammoga yechim beradigan" bo‘lishini ta’minlaydi. G‘oya va konsepsiya: Bitta yakuniy variantga kelguncha o‘nlab g‘oyalar rad etiladi. Dizayner eng yaxshi yechimni topish uchun soatlab fikr yuritadi. Tajriba va vositalar: Yillar davomida to‘plangan bilim, qimmatbaho uskunalar va professional dasturlar — bularning barchasi loyiha sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Mas’uliyat: Sifatli dizayn biznesning kelajakdagi daromadiga xizmat qiladi. Arzon va sifatsiz dizayn esa brend obro‘siga putur yetkazib, keyinchalik ikki barobar ko‘p xarajatga sabab bo‘lishi mumkin. Dizayn — bu xarajat emas, bu sizning biznesingizga kiritilgan investitsiyadir. To‘g‘ri tanlangan vizual strategiya uzoq yillar davomida o‘z mevasini beradi.
Imechapishwa 30 Mac
Nega ba’zida "yo‘q" deyish kerak? Ko‘pchilik dizaynerlar va frilanserlar faoliyatining boshida barcha buyurtmalarni qabul qilishga harakat qilishadi. Biroq, tajriba ortgani sayin, hamma mijoz ham sizning rivojlanishingizga xizmat qilmasligini tushunib yetasiz. Professionalizm — bu nafaqat sifatli ish topshirish, balki o‘z prinsiplaringiz va vaqtingizni himoya qilishdir. Qaysi holatlarda loyihani rad etgan ma’qul? Qadriyatlar to‘g‘ri kelmasa: Agar mijozning qarashlari yoki loyiha mazmuni sizning axloqiy me’yorlaringizga zid bo‘lsa, bu ishdan baraka va zavq topish qiyin. Noaniq texnik topshiriq (TT): Mijoz nima xohlayotganini o‘zi bilmasa, loyiha cheksiz tuzatishlar va asabbuzarlikka aylanadi. Aniq maqsad yo‘q joyda, muvaffaqiyat ham bo‘lmaydi. Haddan tashqari past narx: O‘z mehnatingizni qadrlamaslik — professional so‘nishga (burnout) olib keladigan eng qisqa yo‘ldir. Sifatli ish munosib haq talab qiladi. To‘g‘ri rad etish — bu qo‘pollik emas, balki o‘z resurslaringizni to‘g‘ri taqsimlashdir. Birgina "yo‘q" javobi orqali siz o‘zingiz uchun haqiqatdan ham muhim va katta loyihalarga eshik ochishingiz mumkin.
Imechapishwa 29 Mac
Shaxsiy brend: Nega mutaxassisga faqat mahoratning o‘zi yetarli emas? Ko‘pchilik grafik dizaynerlar yoki frilanserlar faqat texnik bilimlarni (Photoshop, Figma, Illustrator) mukammal egallash muvaffaqiyat uchun kifoya deb o‘ylashadi. Biroq, raqobat kuchli bo‘lgan bozorda sizning qanchalik kuchli mutaxassis ekanligingizni dunyo bilishi kerak. Shaxsiy brend — bu siz yo‘qligingizda odamlar siz haqingizda nima deyishidir. Nima uchun shaxsiy brend ustida ishlash muhim? Ishonch kapitali: Mijoz noma’lum ijodkordan ko‘ra, o‘z qarashlari va ish jarayonini ochiq ko‘rsatadigan mutaxassisga ko‘proq ishonadi. Narxni belgilash: Kuchli brendga ega dizayner o‘z xizmatlarini bozor o‘rtacha narxidan balandroq baholay oladi. Chunki mijoz shunchaki "fayl" uchun emas, sizning tajribangiz va uslubingiz uchun haq to‘laydi. Imkoniyatlar oqimi: Yaxshi shakllangan brend sizni loyiha qidirishdan xalos qiladi — endi loyihalarning o‘zi sizni qidirib keladi. Shaxsiy brend — bu faqat portfolioga dizayn joylash emas, balki foydali bilim ulashish, qadriyatlarni ko‘rsatish va professionallikni isbotlashdir. O‘z ismingizni brendga aylantiring, shunda ismingiz siz uchun ishlay boshlaydi. Sizningcha, dizayner uchun portfoliodan tashqari ijtimoiy tarmoqlardagi faollik qanchalik muhim?
Imechapishwa 28 Mac
Imechapishwa 21 Mac
Navro'zi olam muborak🌷