TGINSIGHT CHAT
Orif Tolib
@oriftolib
IsimuSoʻz. Tahrir. Savodxonlik. Reklama boʻyicha: 👉https://is.gd/elonlar Boshqa sahifalarimiz: 👉https://taplink.cc/oriftolib Muallif haqida: 👉https://oriftolib.uz/?p=575 Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Machapisho ya hivi karibuni
Uk. 1 kati ya 84 · machapisho 1,008
Imechapishwa 11 Apr
Essening yuragi: asosiy qism qanday yoziladi? (3-qism) Milliy sertifikat imtihonida essedan eng yuqori ball olishning hamma bilgan, lekin hamma ham amal qilmaydigan sharti – asosiy qismda har ikki xil qarashni dalillash, soʻng shaxsiy fikrni asoslab berishdir. Esse asosiy qismini faqat his-tuygʻuga tayanib yozish eng katta xatolardan biri. Yuqori ball olib keluvchi kuchli abzas 3 ta qatʼiy qadamdan iborat boʻlishi kerak: 1️⃣Daʼvo. Abzasning bosh gʻoyasini berishingiz kerak. 2️⃣Dalil. Qonuniyat, fakt, statistika yoki sabab-oqibat bilan asoslashingiz zarur. 3️⃣Tahlil. Dalil muammoni qanday hal qilishini tushuntirishingiz kerak. Buni namuna essedagi yoqlovchi tomon dalili misolida koʻramiz: “… bu amaliyot oq xalat sohiblarining jismoniy va ruhiy salomatligini asraydi (Daʼvo)… Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, tibbiy xatolarning salmoqli qismi aynan shifokorlarning surunkali charchogʻi oqibatida yuz beradi… OAVda bot-bot yoritiladigan holat – bemor tanasida uskunalar qolib ketishi ham shuning oqibatidir (Dalil)… Tetik shifokor qisqa vaqt ichida bemorga aniq va sifatli tashxis qoʻya oladi (Tahlil)”. Esseda faqat bir tomon qarashini yoritish yetarli emas! Keyingi postda xuddi shu fikrga qarshi tomon qarashini qanday dalillab yozishni koʻrib chiqamiz. Oldingi qismlar: 🔹Yuqori ball oladigan esse qanday boshlanadi? (1-qism) 🔹Yuqori ball oladigan essening kirish qismi qanday shaklda yoziladi? (2-qism) Kutamiz –🔥 @oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Imechapishwa 11 Apr
Ikkilanishga chek qoʻyamiz: shahrimmi yoki shaharim? “Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Shaharim yozamizmi yoki shahrim? Koʻngil soʻziga egalik qoʻshimchasi qoʻshilsa-chi: koʻngilimi yo koʻngli?! Bu darsda soʻz oʻzagidagi eng koʻp chalgʻitadigan oʻzgarishlar (tovush tushishi va almashinishi) haqida gaplashamiz. Koʻring va ikkilanishlarga chek qoʻying! 👉https://youtu.be/w9IJrOlFXIU @oriftolib | Sahifalarimiz
Imechapishwa 11 Apr
Buning uchun post ostida 500 ta 🔥 yigʻilishi kifoya. 👇
Imechapishwa 10 Apr
Imechapishwa 10 Apr
Imechapishwa 10 Apr
Imloni bir oyda yaxshilash siri: qoidalarni yodlamang, amalda qoʻllang! “Imloni qanday qilib tez oʻrgansam boʻladi? Qanaqa kitob tavsiya qilasiz?” Menga shunaqa savollar bilan bot-bot murojaat qilib turishadi. Ochigʻini aytaman, shu paytgacha aniq biror qoʻllanmani koʻrsata olmas, noiloj “5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan “Ona tili” darsliklarini takrorlab chiqing”, der edim. Lekin oʻzingiz oʻylang: qalin darsliklar ichida qoidalar sochilib yotibdi: grammatika, morfologiya, sintaksis, orfografiya. Imlo yaxlit shaklda berilmagan. Imloni oʻrganmoqchi boʻlgan kishining bunga vaqti ham, asabi ham yetmaydi. “Ibrat farzandlari”da 60 dan ortiq bepul dars chiqardik. Ularning foydasi katta boʻldi, lekin bitta muhim haqiqatni tan olish ham kerak: Faqat video koʻrish bilan savodxon boʻlib qolmaysiz! Video bu – nazariya. Zoʻr tushunasiz, lekin esse yozayotganda, post tayyorlayotganda yoki hujjat toʻldirayotganda sizni baribir ikkilanishlar qiynaydi: “Shu soʻz qoʻshib yozilarmidi yoki ajratib? Qoʻshimcha qoʻshilganda qanday yozish kerak?” ••• Yillar mobaynida yigʻilgan va yechimsiz qolayotgan shu muammoni bitta qoʻllanmada hal qildik. Kutib oling: “Ibratli imlo” amaliy qoʻllanmasi! Bu kitob oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalarini sodda va ravon tilda tushuntiradi, amaliyotda koʻp uchraydigan chalkashliklarga yechimlar beradi. Darslar “soddadan murakkabga” tamoyilida bitta tizimga jamlangan. Bu kitob kimlarning stolida albatta boʻlishi kerak? 🎓Milliy sertifikat talabgorlari, oʻquvchi va talabalar: Bitta arzimagan harf uchun esseda qimmatli ballarni yoʻqotib qoʻymaslik uchun. ✍️Boʻlajakjurnalist, SMMchi va kopirayterlar: Kelajakdagi professional faoliyatda qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻyib qoqilmaslik uchun. 🏢Davlat xizmatchilari: Rasmiy xatlardagi xatolar sabab obroʻni tushirib yubormaslik uchun. Bu qanday ishlaydi? Kitob bilimni koʻnikmaga aylantiruvchi tizimga asoslangan: 1️⃣Loʻnda nazariya – ortiqcha “suv”larsiz, faqat kerakli qoidalar. 2️⃣Tezkor test – qoidani tushungan-tushunmaganingizni sinovdan oʻtkazasiz. 3️⃣Amaliy mashq – xato qilib, oʻzingizni toʻgʻrilab, bilimni xotiraga muhrlaysiz. ✅Mustaqil tekshirish (Kalitlar): Barcha test va mashqlarning javoblari kitob oxirida berilgan. Birovning yordamiga qarab qolmaysiz, xatolaringizni oʻzingiz mustaqil tekshirib, toʻgʻrilab ketaverasiz! 📲QR kod: Kitobdagi qaysidir qoidaga tushunmadingizmi? Mavzu yonidagi QR kodni telefoningizda skaner qilasiz va ochilgan videodarsda mavzuni sizga shaxsan tushuntirib beraman. Kitob goʻyo jonlanadi! Kuniga atigi 2 ta mavzudan ishlasangiz, bor-yoʻgʻi 1 oy ichida sizni yillab xijolat qilgan xatolardan qutulasiz. Rasmlarga eʼtibor bering. Bular – qoʻllanmaning birinchi darsidan sahifalar. Qoidalar qanchalik sodda va vizual qulay berilganiga oʻzingiz baho bering! 👇Kitobning ichki koʻrinishi sizga maʼqul boʻldimi? 🔥 – Ha, dizayn maʼqul, qoidalar ham tushunarli ekan! ⚡️ – Tezroq qoʻlimga olib, savodxonligimni oshirishni xohlayman! @oriftolib | Sahifalarimiz
Imechapishwa 10 Apr
Talaffuz va imlo: borini yozamizmi yoki yoʻgʻini? | 6️⃣1️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari 👉YouTubeʼda koʻrish @oriftolib | Sahifalarimiz
Imechapishwa 9 Apr
🔥Kutilgan yangilik: “Mutolaa podkast” boshlandi! Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasi adabiyot, ijod va kitobxonlikka bagʻishlangan yangi formatdagi gurunglarni yoʻlga qoʻydi. 🎙 Loyiha ijodiy jamoasi: ▫️ Adabiyotshunos Saʼdullo Quronov ▫️ Tilshunos va muharrir Orif Tolib ▫️ Yozuvchi Javlon Jovliyev ✨ Podkastning ilk soni mehmoni – atoqli yozuvchi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Abduqayum Yoʻldoshev. Mazmunli suhbatni oʻtkazib yubormang! 👉Podkastni koʻrish @oriftolib | Sahifalarimiz
Imechapishwa 9 Apr
Mening maqolam, boshqaning qoʻllanmasi… yoki ilmiy etika haqida Yozganlarim kimlargadir foyda keltirayotganidan, koʻpchilikka asqatayotganidan mamnunman. Asosiy maqsadim ham aslida shu – oz boʻlsa-da maʼrifat tarqatish. Ammo baʼzan Telegramda bir holatga koʻzim tushib, oʻyga tolaman. Keyingi paytlarda postlarimni muallifsiz yoki butunlay oʻz nomidan eʼlon qilayotgan kanallar koʻpayib qoldi. Orasida obunachisi 10 mingdan oshganlari ham bor. Bir kanal hatto esse haqidagi maqolamni butun boshli qoʻllanmasiga oʻz nomidan kiritib, oxiriga “Tarqatganda muallifni koʻrsating!” deb yozib qoʻyibdi. 😁 Kichik, havaskor kanallar boʻlsa, “mualliflik huquqi, ilmiy etika degan tushunchalarni endi oʻrganyapti-da”, deb jilmayib qoʻya qolasiz. Lekin bu holat baʼzan ilm ulashadigan, oʻquvchilarni imtihonlarga tayyorlayotgan ustozlarning kanallarida ham uchrab turgani kishini xijolat qiladi. Boshqa muallifning mehnatidan foydalanganda uning nomini yoki manbasini koʻrsatish sizni bilimsiz qilib qoʻymaydi. Aksincha, kuzatuvchilar oldida halol, manbalar bilan ishlay oladigan chinakam ziyoli sifatidagi hurmatingizni oshiradi. Halol mehnat va hurmat bor joyda esa baraka boʻladi. Postlarimni manbasi bilan ulashayotgan, muallif mehnatini qadrlayotgan barcha-barcha ziyolilarga esa alohida tashakkur. Ilm yoʻlidagi xizmatlaringiz rohatini koʻring. Biringiz oʻn boʻlsin! Mualliflik huquqiga rioya qiladigan va oʻzgalar mehnatini qadrlaydiganlarga –🔥 @oriftolib | Sahifalarimiz
Imechapishwa 9 Apr
Xushxabar! Tilmoch kengayishda davom etmoqda! Bir yillik izlanishlardan so‘ng biz Tilmochga oltita til: qirg‘iz, tojik, ozarbayjon, gruzin, turkman va janubiy o‘zbek tillarini qo‘shishga muvaffaq bo‘ldik! Ushbu tillar tarjimasidagi sifat boshqa yechimlardan qolishmaydi, dastur mahalliy kontekstni inobatga olgan holda tabiiy matnlar tuzadi. O‘zingiz sinab, baho bering: tilmoch.ai
Imechapishwa 8 Apr
Yuqori ball oladigan essening kirish qismi qanday shaklda yoziladi? (2-qism) Oldingi postda kirish qismining 3 ta mantiqiy qadami bilan tanishdik. Nazariya quruq boʻlmasligi uchun bu qadamlar esse matnida amalda qanday qoʻllanganini koʻrib oʻtamiz: 1️⃣Mavzuga kirib borish 🔎Matnda: “Bugun sogʻliqni saqlash tizimi… muhokamalarga sabab boʻlmoqda.” 📌Muhim jihati: Muammo shartdagi savoldan shunchaki koʻchirib olinmagan, aksincha, uning jamiyatdagi dolzarbligi orqali toʻla ochib berilyapti. 2️⃣Ikki xil qarashni koʻrsatish 🔎Matnda: “Bir guruh tahlilchilar bunday hisoblasa… boshqalar unday deb xavotirda.” 📌Muhim jihati: Shu kichik ishora orqali ham mezonning 2-bandi talabiga mos jumla tuzilyapti, ham matnning mantiqiy salmogʻi oshirilyapti. 3️⃣Tezis (asosiy gʻoya) 🔎Matnda: “Aslida, bu vaziyat… oltin muvozanatni taʼminlashni talab etadi.” 📌Muhim jihati: Abzas yakunida mustahkam mantiqiy koʻprik qurilyapti. Xulosa qismida aynan shu tezis yakuniy tasdigʻini topadi. Demak, butun matn bir-biriga chambarchas bogʻlangan, izchil shaklga ega boʻladi. Qolip tayyor. Endi navbat til va uslubiyatga. Talabgorlar baholash mezonlarining 1- va 11-bandlarini bajarishda koʻp qiynaladi. Publitsistik uslubga solaman, jiddiy yozaman deb kanselyarizmga oʻtib ketadi. Keling, buni bitta fikrning turli uslublardagi koʻrinishi orqali tahlil qilamiz: ❌Soʻzlashuv uslubida: Doʻxtirlarning ishini kamaytirish kerak, boʻlmasa, charchab xato qilib qoʻyadi. (Fikr oʻta joʻn va kundalik muloqot tilida ifodalangan). ❌Ilmiy uslubda: Tibbiyot xodimlarining kasbiy zoʻriqish koeffitsiyentini pasaytirish maqsadida mehnat resurslarini ratsional taqsimlash talab etiladi. (Esse uchun oʻta murakkab, quruq va zerikarli). ❌Rasmiy-idoraviy uslubda: Shifokorlarning ish soatlarini qisqartirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amaliyotga joriy etilishi maqsadga muvofiqdir. (Bu – eng koʻp qilinadigan uslubiy xato. Matnda jon yoʻq, xuddi hisobotga yoki majlis bayonnomasiga oʻxshaydi). ✅Publitsistik uslubda (essedagi asl holat): “… shifokor manfaati va bemor ehtiyoji oʻrtasidagi oltin muvozanatni taʼminlashni talab etadi.” Koʻrib turganingizdek, publitsistik uslub ijtimoiy masalalarni taʼsirchan, oʻyga toldiruvchi, leksik jihatdan boy va keng ommaga tushunarli tilda yoritadi. Essedagi jumlalar aynan shu yondashuv asosida yozilishi shart. Keyingi mavzu essening yuragi – asosiy qism tahlili. Unda ishonchli dalil keltirish usullari haqida suhbatlashamiz. Buning uchun post ostida 500 ta 🔥 yigʻilishi kifoya.👇 @oriftolib | Sahifalarimiz
Imechapishwa 8 Apr
Talaffuz va imlo: borini yozamizmi yoki yoʻgʻini? “Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Baʼzi soʻzlarni qanday aytsak, xuddi shunday yozib qoʻyamiz. Lekin imlo qoidalari bunga ruxsat bermaydi! Qachon talaffuzga ishonib boʻlmaydi? Qaysi harflar “yashirinib” oladi? Savodxonlik darslarining yangi sonida aynan shunday soʻzlar imlosi haqida gaplashamiz. Koʻring va oʻzingizni tekshiring! 👉https://youtu.be/d89wGI1svwM @oriftolib | Sahifalarimiz