TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
🇺🇿 Past Darg‘om: kecha va bugun avatar

TGINSIGHT CHAT

🇺🇿 Past Darg‘om: kecha va bugun

@pdhuz

Habari na vyombo vya habari

"Past Darg‘om haqiqati" gazetasi. Foto va video xabarlaringizni quyidagi botga 👇 jo‘nating 👉@PDH_UZ_murojaat_bot 👉 Turli yo‘nаlishdagi materiallar platformasi. 👉 Ayrim fikrlar tahririyat nuqtai nazarini bildirmaydi.

Wanachama1,840Wanachama wa sasa
Machapisho1,004Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni5,830Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 1 kati ya 84 · machapisho 1,004

Imechapishwa siku 10 zilizopita

☄️my.gov.uz da katta qabul mavsumi! Kim, qachon va qayerga hujjat topshiradi? 👉2026/2027 o‘quv yili uchun hujjatlar qabul qilish taqvimi 🗣O‘zbekistonda turli darajadagi ta’lim muassasalariga hujjat topshirish mavsumi boshlandi! Jarayonni tezkor va qulay qilish maqsadida aksariyat xizmatlar to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshirilmoqda. ❗️Ota-onalar, bitiruvchilar va bo‘lajak talabalar o‘tkazib yubormasligi kerak bo‘lgan eng muhim muddatlar bilan tanishing: 🏫Ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar 🗄 Muddat: 4-iyungacha 🗄Arizalar faol qabul qilinmoqda. Hujjat topshirishni oxirgi kunlarga qoldirmaslik tavsiya etiladi. 👑Prezident maktablari 🗄Muddat: 25-maydan – 14-iyungacha 🗄Joriy o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan 4-sinf bitiruvchilari to‘liq onlayn tarzda topshirishlari mumkin. 🎒Umumta’lim maktablarining 1-sinfi 🗄Muddat: 20-iyundan – 31-avgustgacha 🗄Joriy kalendar yilida 7 yoshga to‘ladigan bolalar uchun qabul 2 bosqichda bo‘ladi: 20-iyundan mikrohudud (yashash joyi) bo‘yicha, avgustdan esa boshqa hududlardagi bo‘sh o‘rinlarga. 🎵 Bolalar musiqa va san’at maktablari 🗄 Muddat: 1-iyuldan – 30-avgustgacha 🗄Ijodga va san’atga qiziquvchi yosh iste’dod egalari uchun. 📚Akademik litseylar (9-sinf bitiruvchilari uchun) 🗄 Muddat: Iyun oyidan – iyul oyining o‘rtalariga qadar 👨‍🎓Oliy ta’lim muassasalari (Abituriyentlar) 🗄Muddat: Iyun oyidan boshlanadi 🗄Imtihonlar jadvali va kvotalar taqsimoti qabul boshlanishiga yaqin davlat platformalarida e’lon qilinadi. 🔬Magistratura va Ikkinchi oliy ta’lim 🗄Muddat: Iyul va avgust oylari davomida 💡Xotin-qizlar uchun muhim imtiyoz! 👉 OTMga asosiy qabul boshlanishidan oldin, 10-maydan 31-mayga qadar xotin-qizlar quyidagi tavsiyanomalarga ariza yuborishlari mumkin: 🗄5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun tavsiyanoma. 🗄Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun imtiyozli tavsiyanoma. Foydali maslahat! Arizalarni muvaffaqiyatli va tezkor topshirish uchun oldindan OneID tizimidagi shaxsiy ma’lumotlarni (JShShIR, ota-onaning pasport ma’lumotlari va bolalarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari) tekshirib oling. my.gov.uz orqali ariza to‘ldirishda aksariyat ma’lumotlar ushbu tizimdan avtomatik tarzda yuklanadi. 📌Ushbu foydali ma'lumotni yaqinlaringiz va abituriyentlarga ulashing, muddatlarni o‘tkazib yuborishmasin! 🌐my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

252 views

Imechapishwa siku 10 zilizopita

🔔 So'nggi qo'ng'iroq Past Darg'om tuman о‘rta ta’lim maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda namunali xulqi va o‘qishi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar esa faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. 📍 Bizni kuzating 👉@pdhuz

300 views

Imechapishwa siku 10 zilizopita

SO'NGGI QO'NG'IROQ YANGRADI 🔔Bugun Pastdarg’om tumani bo‘ylab barcha umumtaʼlim maktablarida "Yuksak ma'rifatli avlod - Uchinchi renessans poydevori" shiori ostida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 👨‍💼Tuman hokimining o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari bo‘lib o‘tgan tadbirlarda ishtirok etib, yurtboshimizning bitiruvchi yoshlarga yo'llagan tabrigini o'qib eshittirdi. ✅Shuningdek, tadbir davomida bir qator iqtidorli yoshlar, mas'uliyatli ota-onalar va fidoiy o'qituvchilar taqdirlandi. ✅Bu kabi tadbirlar tuman bo'ylab barcha umumtaʼlim maktablarida o'tkazildi.

222 views

Imechapishwa siku 10 zilizopita

Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarimizga tabrik — Поздравление выпускникам школ нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

250 views

Imechapishwa siku 10 zilizopita

SINFDOSH DO‘ST, BUGUN SENI KO‘RGIM KELYAPTI Qaylardasan, sog‘inch yana bag‘rim eladi, Izlaringni bilolmadim, qay yo‘l siladi? Bugun ko‘ngil Yaratgandan diydor tiladi, Sinfdosh do‘st, sen-la suhbat qurgim kelyapti. Botib qoldim tiriklikning bor g‘amlariga, Oxir ko‘ndim, bu dunyoning “bir kam”lariga. Qaytgim keldi bolalikning sho‘x damlariga. Sinfdosh do‘st, seni juda ko‘rgim kelyapti. Partalarda qolgan isming yana tilimda, Sho‘xligimiz, shodligimiz hanuz dilimda. Qumsashlarim podshoh bo‘ldi bugun yo‘limda, Harna qilsam, vaqtni ortga burgim kelyapti. Yosh edik-da, qalbimizda g‘ubor yo‘q edi, Bildirmayin sevar edik, ko‘ngil to‘q edi. Oh, u chog‘lar olov edi, misli cho‘g‘ edi, U damlarni ko‘zlarimga surgim kelyapti. Umr –daryo, seni hech ham “siz”lagim kelmas, Gar “siz”lasam begonamiz, muzlagim kelmas. Bir ko‘rin-da, sog‘inchlarda bo‘zlagim kelmas, Seni topmay, boshim toshga urgim kelyapti. Sinfdosh do‘st, tushun, seni ko‘rgim kelyapti... Guljahon Mardon qizi 📍Bizni kuzating👉@pdhuz

443 views

Imechapishwa siku 11 zilizopita

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsiz o‘tkazish yuzasidan o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchi-yoshlarga murojaatnoma. - “Сўнгги қўнғироқ” тадбирларини хавфсиз ўтказиш юзасидан ўқитувчилар, ота-оналар ва ўқувчи-ёшларга мурожаатнома. 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Facebook | 📱Telegram| 📱instagram | 📱Youtube

327 views

Imechapishwa siku 13 zilizopita

🥇Tumandagi 2-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Adiba Xudoyberdiyevaning “ Boshlang‘ich sinflarda unsurlar yordamida harflarni shakllantirish” mavzusidagi maqolasi millat ziyolilari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan nashr etilgan ilmiy maqolalar antologiyasiga kiritildi. Izlanuvchan pedagog markazning “ Fan va ta’lim fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 📍 Bizni kuzating 👉@pdhuz

752 views

Imechapishwa siku 13 zilizopita

🛑4 TA FANDAN SERTIFIKAT OLGAN MEHRIBON, MUDDATIDAN OLDIN TALABAGA AYLANDI Sizlarga bir qator yosh tumandoshlarimiz erishayotgan natijalar xususida xabar qilib boryapmiz. Bugun faxrlansa arziydigan o'quvchi yoshlarimiz soni yana bittaga ko'paydi. Gap shundaki, tumanimizdagi 26-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Bo'ronova Mehribon ham, katta yutuqqa erishdi. U 4 ta fan bo'yicha milliy sertifikatni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin oliy taʼlim muassasasiga talabalikka tavsiya etildi. Xususan, yosh tumandoshimiz ingliz tili B2, O‘zbek tili va adabiyot B+, tarix C, matematika C+ , darajalaridagi sertifikatlar sohibasiga aylangan. Mazkur natija o‘quvchining tinimsiz izlanishi, ustozlarining fidokorona mehnati hamda ota-onasining doimiy qo‘llab-quvvatlashi samarasidir. 📍 Bizni kuzating 👉@pdhuz

774 views

Imechapishwa siku 13 zilizopita

❗️❗️❗️ Саломатликка эътибор — фаровон келажак гарови! Пастдарғом туманида аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш, соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш ҳамда қандли диабет касаллигининг олдини олишга қаратилган муҳим тарғибот тадбири ташкил этилди. Мазкур тадбир Халқ депутатлари Пастдарғом туман Кенгаши депутати Садоқат Нурмаматова ташаббуси билан ўтказилиб, унда тиббиёт ходимлари, маҳалла фаоллари, хотин-қизлар ҳамда ёшлар фаол иштирок этдилар. Тадбир давомида мутахассислар томонидан қандли диабет касаллигининг келиб чиқиш сабаблари, дастлабки белгилари, унинг инсон саломатлигига салбий таъсири ҳамда юзага келиши мумкин бўлган асоратлар ҳақида батафсил тушунчалар берилди. Шунингдек, касалликнинг олдини олишда тўғри овқатланиш, мунтазам жисмоний фаоллик, соғлом турмуш тарзига амал қилиш ҳамда вақтида тиббий кўрикдан ўтиш муҳим аҳамият касб этиши алоҳида таъкидланди. Депутат Садоқат Нурмаматова ўз чиқишида асраш ва соғлом жамиятни шакллантириш бугунги куннинг энг долзарб вазифаларидан бири эканини қайд этди. Шунингдек, аҳоли ўртасида профилактика ва тарғибот ишларини янада кучайтириш, айниқса ёшлар ва хотин-қизлар орасида соғлом турмуш маданиятини кенг тарғиб қилиш муҳимлигини билдирди. Тадбир самимий мулоқот ва фойдали тавсиялар руҳида ўтиб, иштирокчиларга соғлом ҳаёт тарзини шакллантириш бўйича муҳим тавсиялар берилди. ✅ Соғлом жамият — юрт тараққиёти, оилалар фаровонлиги ва келажак авлод бахтининг мустаҳкам пойдеворидир! “Адолат” СДП Самарқанд вилоят кенгаши матбуот хизмати ✈️https://t.me/adolat201

633 views

Imechapishwa siku 14 zilizopita

ASSALOMU ALAYKUM, AZIZ PAST DARG‘OMLIKLAR! 🇺🇿 🎓Past Darg‘om tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi tomonidan tashkil etilayotgan “KELAJAK” olimpiadasiga sizlarni taklif qilamiz! 📣Olimpiada 4-sinfni tamomlayotgan iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 🧠Olimpiada quyidagi fanlar bo‘yicha tashkil etiladi: – Matematika – Ingliz tili Batafsil o’qish: 👇 https://pdh.uz/category/view?id=1805 facebook 👉https://www.facebook.com/pdhuzadmin/friends/ Web-sayt 👉http://pdh.uz/ 📍 Bizni kuzating 👉@pdhuz

660 views

Imechapishwa siku 14 zilizopita

#diqqat_eʼlon #QABUL2026 PAST DARGʻOM TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABULNI EʼLON QILADI! 🪐 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 15-maydan 4-iyungacha ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. Batafsil o’qish: 👇 https://pdh.uz/category/view?id=1804 facebook 👉https://www.facebook.com/pdhuzadmin/friends/ Web-sayt 👉http://pdh.uz/ 📍 Bizni kuzating 👉@pdhuz

690 views

Imechapishwa siku 14 zilizopita

Паст Дарғом туман фермерлари кенгашининг фермерларга МУРОЖААТИ Бугунги кунда дунёда глобал иқлим ўзгариши, сув танқислиги, энергия ресурслари нархининг ошиб бориши ҳамда озиқ-овқат маҳсулотларига бўлган талабнинг кескин кўпайиши барча давлатлар қатори мамлакатимиз қишлоқ хўжалиги соҳаси олдига ҳам улкан вазифаларни қўймоқда. Айниқса, аҳолини сифатли ва арзон озиқ-овқат маҳсулотлари билан таъминлаш, ички бозор барқарорлигини сақлаш, экспорт салоҳиятини ошириш, энг муҳими, ер ва сув ресурсларидан оқилона фойдаланиш бугун ҳар қачонгидан ҳам долзарб аҳамият касб этмоқда. Batafsil o’qish: 👇 https://pdh.uz/category/view?id=1803 facebook 👉https://www.facebook.com/pdhuzadmin/friends/ Web-sayt 👉http://pdh.uz/ 📍 Bizni kuzating 👉@pdhuz

527 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
IliyotanguliaUk. 1 kati ya 84Inayofuata