TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
Publisher.uz avatar

TGINSIGHT CHAT

Publisher.uz

@publisheruz

Vitabu

Tilshunos va muharrir Yorqinjon Haydarov sahifasi. O'zim uchun qiziq mavzular -- nashriyotlar va kitoblar, til, tarix, madaniyat, ilm-fan yangiliklari, mashhur shaxslar hayoti, kundalik voqea-hodisalar haqida yozib boraman.

Wanachama192Wanachama wa sasa
Machapisho253Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni4,906Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 1 kati ya 22 · machapisho 253

Imechapishwa siku 19 zilizopita

Мен буни реклама, пиар таъсири дейишдан йироқ бўлардим. Қуроновнинг ушбу асари болажонлар орасида жудаям машҳур. Саъдулла 2019 йили биринчи китобни чиқарганда, дизайнига қараб, ёш ёзувчининг ўртамиёна уринишларидан бири деб ўйлагандим. Ўшанда 8 ёшли ўғлим китобни ўқидию, ичига кириб кетди. Кейин ҳам бир неча марта мутолаа қилди. 2-китоб чиққандаям ярим кунда тугатди, сўнг иккисини бирлаштириб яна ўқийверди. Кейин қизларим ҳам ўқиб чиқди. "Қалай экан?" десам оғзини тўлдириб мақтайди. Ўғлим китобни синфдошларигаям ўқитди. Мактабларида шу китоб бўйича танловларда ҳам ғолиб бўлди. Кейин билсам, аксар танишларимнинг ҳам болалари худди шунақа қизиқиш билан ўқишибди. Болалар нега бу китобнинг таъсирига тез тушиб қоляпти, деб ўйлардиму, тўғриси, аввал бунақа катта асарлар ёзмаган муаллифдан зўр нарса кутмагандим. Охири ўзим ҳам ўқиб чиқдим. Болалар учун нормал ҳолат бўлган жараённи менинг миям кўтариши сал қийинроқ бўлди. Гап шундаки, ушбу фантастик қисса воқеалари жудаям тез юз беради. 5-6 та романга сиғадиган самовий воқеаларнинг тезда ҳал бўлиб кетишини қабул қила олмадим. Муаллиф асар давомида илмий маълумотларни илова қилиши ва уни тушунарли тилда баён қилиши эса менга жуда маъқул келди. Бунда болажонлар ўзининг севимли қаҳрамонлари билан фазода саёҳат қилиш билан бирга физика, астрономия, кимё, география, биология, ахборот технологиялари, тарих каби фанлардан ажойиб билимларни ҳам эгаллаб боради. "Галактикада бир кун" ўзбек замонавий болалар адабиётининг яхши намуналаридан бири. Бунақа асарлар болажонларимиз интеллектини ривожлантириб, дунёқарашини оширади. Ношир учта китоб жамланган тўпламга эзгу ниятда "Нобель оладиган болалар учун" деб таъриф ёзибди. Нобелчи болаларни кўриш ҳам насиб этсин! Telegram | Instagram | Youtube | Facebook | X

38 views

Imechapishwa siku 19 zilizopita

Кеча Ўзбекистонда анчадан бери кўришни орзу қилаётган тадбирга гувоҳ бўлдим. "Янги китоб" лойиҳаси доирасида муаллифларнинг имзо қўйиш маросими ташкил этилибди. Мамлакатимизда китобга, унинг муаллифига имзо қўйдиришга бўлган бунақа навбатни аввал кўрмагандим. Энг қизиғи, китоб арзон эмас. Масалан, энг узун навбат ҳосил қилган Саъдулла Қуроновнинг "Галактикада бир кун" трилогияси нархи 100 000 сўм бўлса-да, юзлаб китобхонлар (болалар, йигит-қизлар, ота-оналар) уни сотиб олиб, муаллиф имзоси учун навбатда туриши мен учун янгилик бўлди. Telegram | Instagram | Youtube | Facebook | X

35 views

Imechapishwa siku 21 zilizopita

Kitobga, tarjima va media sohasiga qiziquvchi, yaxshi muhitda tajriba orttirmoqchi bo'lgan yoshlar uchun zo'r imkoniyat! 1000Kitob loyihasi Volontyorlik dasturini e'lon qilibdi. 31-maygacha hujjat topshirib, imkoniyatdan foydalanishni tavsiya qilaman. @Publisheruz

65 views

Imechapishwa siku 28 zilizopita

🤩Hozirda bolalarning sevimli yozuvchisi kim ekanligini bilasizmi? Sa'dullo Quronov 1989-yil 31-yanvarda Andijon tumanida tugʻilgan. Saʼdullo Quronov adabiyotshunoslik bilan bir qatorda bolalar uchun ham ijod qilib keladi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Uning “Galaktikada bir kun” nomli ilmiy-fantastik qissasi hozirgacha uch marotaba nashr etilgan. Muallif mazkur kitob uchun 2021-yilda “Tahsin” mukofotiga sazovor boʻlgan. 2022-yili esa “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovida “Galaktikada bir kun” qissasi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib” asaridan keyingi – 2-oʻringa loyiq koʻrilgan va 75 million soʻm Prezident sovgʻasi bilan taqdirlangan. Sa'dulla Quronovning matbuotda 40 dan ortiq adabiy-tanqidiy, ilmiy maqolalari eʼlon qilingan. 📚14-may kuni yozuvchining shaxsan oʻzidan dastxat olib, yangi kitoblarini xarid qilishingiz mumkin! 🔍Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram

70 views

Imechapishwa 30 Apr

Буюк Британия қироли Карл III Трампга қараб шундай деди: Сиз яқинда айтдингиз: агар биз (АҚШ) бўлмаганимизда, бутун Европа ҳозир немис тилида гапираётган бўлар эди. Лекин мен ҳам шуни эслатиб қўймоқчиман: агар биз бўлмаганимизда, бутун Америка франсуз тилида сўзлашаётган бўлар эди. Бу видеони мен Эмануэл Макроннинг Инстаграм саҳифасидан олдим. Видео тагида у: “Ома лекин дахшат бўлар эди (That would be chic)”, деб ёзибди. 🌟Otabek Akromov | PhD Bio ANU

85 views

Imechapishwa 2 Apr

​​#miyamiz_ajoyibotlari Bugun Kun.uzning telegram kanalidagi bir reklama e'tiborimni tortdi. Bilasiz, Korzinka supermarketlar tarmog'i reklamalarida qizil rang doim bo'rtib turadi. Shu darajadaki, Korzinka yozuvi bo'lmasa ham qizil fon va savatga solingan mahsulotlarni ko'rsangiz bo'ldi, Korzinkaning reklamasi deb o'ylaysiz. Quyidagi rasmda esa Makro tarmog'ining reklamasi berilgan, ammo uni ko'rgan odam diqqat bilan qarab, matnni o'qimasa, Korzinkaning reklamasi deb o'ylaydi. Sababi odamlar odatda reklama matnlarini o'qimaydi, erinishadi. Bu yerda esa qizil rang va savat birinchi planda turibdi. "Makro" yozuvi ikkinchi planda va kichik bo'lib qolgan. Makro reklamasini ishlagan dizayenrlar buni hisobga olmay strategik xato qilishgan. Miyamiz shunday ishlaydi — bir narsa takrorlanaversa (bu o'rinda qizil rang va savat), o'shani ko'rganda avval shakllangan ma'lumot yoki taassurot qayta uyg'onadi va bu biz sezmaydigan darajada tez kechadi. Qarabsizki, Makroning reklamasi ham Korzinka hisobiga ishlaydi ;) Korzinkaning "Yana-da arzon narxlar!" shiori esa reklama matnlari ichdagi eng zo'r topilmalardan. Bu "Eng arzoni" jumlasidan ancha yaxshi topilma. Unda har doimgidan ham arzon, eng arzonidan ham arzonroq degan informatsiya urg'ulanadi. Kopirayterga 5 baho! @Publisheruz

3,690 views

Imechapishwa 26 Mac

​​Shoir Miraziz A‘zam 90 yoshda O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoir Miraziz A‘zam tavalludining 90 yilligi munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi. Shoirning bolalarga mo‘ljallangan “Aqlli bolalar”, “Senga nima bo‘ldi?”, “Bir cho‘ntak yong‘oq” kabi qator she'riy to‘plamlari bosilib chiqqan. Shoir o‘z she'rlari orqali bolalar qalbini, tuyg‘ularini tasvirlashga, olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug‘lashga intilgan. Miraziz A'zamning “Sevaman”, “Tuyg‘ular”, “Sabot” kabi to‘plamlaridagi ko‘pchilik she'rlari o‘zining hayotiyligi va jozibaliligi bilan o‘quvchilar qalbini zabt etgan. Ko‘rgazmadan shoirning turli yillarda nashr etilgan “Imon asoslari”, “Bir cho‘ntak yong‘oq”, “Buyuklar muhabbati”, “Yer aylanadi”, “Yerga dovrug‘ solamiz”, “Sabot”, “Senga nima bo‘ldi?”, “Tuyg‘ular”, “Haqiqatning ko‘zlari”, “Mahalla qahvaxonasi”, “Hozirgi zamon turk she'riyati” kitoblari o‘rin olgan.

160 views

Imechapishwa 20 Mac

Azizlar, barchangizga Ramazon hayiti muborak bo'lsin! 🌙✨ @Publisheruz

148 views

Imechapishwa 15 Mac

🎉Chegirma davom etadi! Avvalroq «Hilol eBook» ilovasidagi chegirmani eʼlon qilgan edik. Endi esa navbatdagi chegirmani e’tiboringizga havola qilamiz! 🎁 «Tafsiri Hilol» va «Oltin silsila» ilovasidagi elektron va audiokitoblarni ham 50% chegirmada xarid qiling! Marhamat, mavsumdan foydalanib qoling! 📖«Tafsiri Hilol»: https://e-hilolnashr.uz/tafsirihilol/ 📖 «Oltin silsila»: https://e-hilolnashr.uz/oltinsilsila/ 📱 «Hilol eBook»: https://e-hilolnashr.uz/hilolebookdownload/ @hiloldasturlari

162 views

Imechapishwa 27 Feb

#jurnal #mundarija "Til va adabiyot ta’limi" jurnalining Najmiddin Turon ijodiga bag‘ishlangan maxsus soni chiqdi. Eslatib o‘tamiz, tahririyat "Shoir kim?" turkumida taniqli adiblar ijodiga bag‘ishlab jurnalning maxsus sonlarini chop etib kelmoqda: 1. Xurshid Davron 2. Usmon Azim 3. Iqbol Mirzo 4. Eshqobil Shukur 5. Miraziz A’zam 6. Yo‘ldosh Eshbek 7. Faxriyor 8. Qutlibeka 9. Shukur Qurbon 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram

165 views

Imechapishwa 15 Feb

🇯🇵Urushdan keyingi yapon jamiyati kommunistik mafkuraga tubdan va mavjudlik darajasida qarshi edi "Urushdan keyingi Yaponiyada Sibir tutqunlarining boshidan kechirgan tajribalarini tahlil qilish sovuq urushning xalqaro tizimi va uning talablari asosida shakllangan “yangi Yaponiya"ning mohiyatini bevosita anglash imkonini beradi. Bu davlat o‘zini o‘tmishdagi siyosiy qiyofasi — Yaponiya imperiyasidan butkul uzilgan, yangicha yo‘nalishni tanlagan tuzilma sifatida namoyon etdi. U, avvalo, AQSh–Yaponiya ittifoqi doirasida kommunistik kengayishga qarshi kafolat sifatida belgilangan siyosiy zaruratlar, shuningdek, mazkur ittifoq tomonidan taqdim etilgan strategik, iqtisodiy va siyosiy imtiyozlar asosida shakllandi." 📚Harvard University Press tomonidan nashr etilgan, Vatandoshimiz Sherzod Mo'minov qalamiga mansub "Eleven Winters of Discontent" kitobi tez kunda "PIR" nashriyoti tomonidan kitobxonlar ommasiga taqdim etiladi!

151 views

Imechapishwa 13 Feb

​​#yangikitob Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning "Erkin millat poydevori" nomli kitobi nashr etilibdi Muallif Facebook'dagi sahifasida kitob haqida shunday izoh qoldirgan: "Kitob – O‘zbekiston jamiyati va davlati haqida, jamiyatimiz qarashlari, zehniyati, siyosiy madaniyati haqida. Davlatning tafakkur tarzi, yaqin o‘tmishi va bugungi evolyusiyasi, bu jarayonlardagi shaxslar hamda shaxsiyatlarning ahamiyati haqida. Kitobda qadriyatlar prizmasi alohida o‘rin tutadi. Bu kitob – mening siyosatshunos sifatidagi bir necha o‘n yillik qarashlarimning hosilasi bo‘ldi deyish mumkin."

137 views

Hashtags

123•••10•••202122
IliyotanguliaUk. 1 kati ya 22Inayofuata