TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #3772

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano8,640Idadi ya mionekano
Imechapishwa22 Jan22/01/2025, 05:12
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🇺🇿🇩🇪O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya Agentligi va “Klett Edu” kompaniyasi o'rtasida imzolangan hamkorlik kelishuviga asosan Germaniyaga tibbiyot klinikalariga ishga jalb qilish bo'yicha bir qancha loyilar amalga oshirilmoqda. 😄 2024-yilda “Klett Edu” kompaniyasi tomonidan Qashqadaryo viloyatining ikkita tibbiyot texnikumlarida Germaniya tibbiyot muassasalarida ishlash istagida bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini uchun nemis tili o‘quv kurslari tashkil etilgan. 😄 Joriy yilda ushbu kompaniya bilan mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish fuqarolarimizni xavfsiz, tartibli va qonuniy tarzda ishga yuborish maqsadida Qarshi va Shahrisabz shahar "Abu Ali Ibn Sino" nomidagi jamoat salomatlik texnikumida Agentlikning viloyat filiali, “Klett Edu” kompaniyasi mas’ullari hamda viloyat hududlaridagi tibbiyot xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 😄 Uchrashuvda Qarshi shahrida 400 nafar, Shahrisabz shahrida 300 nafar tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi va ishtirokchilarga mas’ullar Germaniya davlatiga ishga yuborish tartiblari, ish beruvchi tomonidan qo‘yilgan talablar va boshqa savollarga javob berdi. 📝Kanalga obuna boʻlish 🐶@qashmigration