TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #3935

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano19,500Idadi ya mionekano
Imechapishwa4 Mac04/03/2025, 13:01
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🇩🇪Qashqadaryolik yoshlar, Sizda Germaniyada Ausbildung uchun ajoyib imkoniyat! O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va Germaniya Federal bandlik agentligi hamkorligida “APAL” loyihasi - Germaniyada qurilish va texnika sohalarida Ausbildung tizimi uchun qo‘shma dastur yo'lga qo'yilmoqda. 😄Loyiha doirasida quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi: ⏺ APAL dasturiga bepul ishtirok etish ⏺ O'zbekistondagi Gyote Instituti ko'magi bilan nemis tilidan B1.2 darajasi bo'yicha bepul tayyorgarlik kursi va til imtixoni ⏺ Ish beruvchi tomonidan Germaniyada yashash joyini tashkil etish ⏺ Viza rasmiylashtiruvi ⏺ Germaniyaga xalqaro aviachipta ⏺ Ausbildung davomida O‘zbekistonga kelish uchun bir martalik aviachipta ⏺ Germaniyada nemis tili B2 darajasi uchun til kursini tashkil etish ⏺ Amaliyot uchun oylik stipendiya 😄Talablar va hujjatlar ⏺ Yoshi 18 - 35 yosh ⏺ O'zbekistonda maktabni bitirgan ⏺ B1 yoki undan yuqori darajadagi nemis tilini bilish ⏺ qurilish va hunarmandchilik kasblarini o'rganishga bo‘lgan qiziqish ⏺ Nemis tilini qo’shimcha o'rganishga ishtiyoq 😄 APAL loyihasi doirasida Germaniya ish beruvchilarini tanishtirish hamda tanlov jarayoni haqida batafsil qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etish uchun joriy yilning 6-mart kuni soat 17:00 da Qarshi shahar Yoshlar markazida nemis tilida onlayn-axborot tadbiri bo‘lib o‘tadi. Online uchrashuvga Qashqadaryolik yoshlar taklif etiladi! ☎️Qo'shimcha ma'lumot uchun: 91-961-35-11, 97-293-27-52 📝Kanalga obuna boʻlish 🐶@qashmigration