Maudhui
Qashqadaryo viloyatida xususiy o'quv markazlari bilan uchrashuv tashkil etildi 😄2025 yil 19-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy filiali, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, Xalq talimi boshqarmasi, ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari hamda Viloyat hududidagi 60 ga yaqin o'quv markazlar rahbarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Suhbatda ishtirokchilarga Migratsiya agentligi faoliyati, xorijiy davlatlarda ishlash istagidagi fuqarolar bilan ishlash tartibi, ishga joylashish jarayoni, tibbiy sug‘urta, turar joy va boshqa ijtimoiy kafolatlar haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, odam savdosiga qarshi kurash va noqonuniy migratsiyaning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi. 😄Shu bilan birga, talab yuqori bo‘lgan kasblar va chet tillarga o'qitish kelgusida xorijda rivojlangan mamlakatlarga ishlash istagidagi nomzodlarni Qashqadaryo viloyatida tashkil etilayotgan nemis, koreys, turk, ingliz, rus tili o‘quv kurslariga, o‘qitish tartibi, imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. “Migratsiya hududiy filialiga mehnat migratsiyaga doir barcha masalalarda murojaat qilishlari mumkinligi yetkazildi. Kanalga obuna bo'lish: 😎qashmigration