TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #4032

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano6,660Idadi ya mionekano
Imechapishwa20 Mac20/03/2025, 13:52
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🇺🇿🇩🇪Viloyatimizda Germaniyaga hamshiralar tayyorlaydigan markazlar ko‘paymoqda Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov Germaniya davlatidan tashrif buyurgan "ERNEST KLETT" kompaniyasi boshqaruvi raisi Filipp Hausman boshchiligidagi vakillarni qabul qildi. Dastlab, viloyat hokimi vohamizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berib, Qashqadaryo viloyatida O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma loyihasi asosida xalqaro bog‘cha barpo etilishi har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini ta’kidlab, hamkorlikdagi ishlarni kelgusida migratsiya, maktab va oliy ta’lim yo‘nalishida ham davom ettirilishini bildirdi. Shuningdek, Filipp Hausman tomonidan viloyat fuqarolarini tibbiyot yo‘nalishida tayyorlab, xalqaro sertifikat asosida Germaniyaga ishga yuborishni kengaytirishni ma’lum qildi. 📝Kanalga obuna boʻlish; 🐶@qashmigration