TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #4106

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano6,600Idadi ya mionekano
Imechapishwa14 Apr14/04/2025, 06:16
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🇰🇷Janubiy Koreyada ishlab, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar diqqatiga! Janubiy Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar EPS-Topik testida ishtirok etish maqsadida 2025-yil 17-24-mart kunlari 1006 nafar nomzod ro`yxatdan o'tgan edi. 🗓Ushbu nomzodlar uchun EPS-Topik testi joriy yil 21-26-aprel kunlari 2 xil manzilda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. 21-24 aprel kunlari uchun👇 📍Imtihon manzili: Toshkent shahri Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasi 3-uy. 👉Lokatsiya 📝Nomzodlar ro'yxati 26-aprel shanba kuni👇 📍Imtihon manzili: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko'chasi 156, (Kimyo Universiteti) 👉Lokatsiya 📝Nomzodlar ro'yxati Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar: 1. xorijga chiqish pasporti; 2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonda, sifatli va rangli surat (2 dona). ❗️Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar: 1. Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim; 2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi; 3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya maxsus testi o‘tkazilmaydi. 4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi; 5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 4 yil muddatga cheklov qo‘yiladi. ❗️Migratsiya agentligi imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi. 📞Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami Rasmiy manbalar — ishonchli ma’lumot, xavfsiz kelajak! 👇 📝Kanalga obuna bo'lish: 🐶@qashmigration