TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #4117

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano4,780Idadi ya mionekano
Imechapishwa15 Apr15/04/2025, 13:01
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🇩🇪3,5 yilda diplom, tajriba va 2200 yevro oylik — kasbiy ta’lim (Ausbildung) imkoniyati! 📣 2025-yil avgust oyidan Germaniyada SEIT for tomorrow tashkiloti bilan hamkorlikda Ausbildung tizimi uchun ro‘yxatdan o‘tish ochilganini ma’lum qilamiz. Stipendiya: 635 yevrodan 950 yevrogacha (qo'lga tegishi) O'qish tamom bo'lgandan keyin oylik: 1600 - 2200 yevro (qo'lga tegishi) Ish o'rinlari: 40 ta Sohalar: 1.Avtomexanik ▪️Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash 2.Metallni qayta ishlash mutaxassisi ▪️Ishlov berish jarayonlarini kuzatish ▪️ Mashinalarni muntazam tekshirish va texnik xizmat ko'rsatish. 3. Elektrik ▪️ Elektr tizimlarini o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish ▪️ Sanoat korxonalarida elektr energiya ta’minoti ustida ishlash 4. Duradgor ▪️Ichki interyer uchun mebel va deraza jihozlarini loyishalashtirish, yasash va yig'ish 5. Tom yopuvchi ▪️Bino va inshootlar tomini yopish ▪️Turli moslama va jihozlarni o'rnatish Ijtimoiy paket ▪️ishchi vizasini olish bilan bog‘liq xarajatlar; ▪️O‘zbekistondan Germaniyaga xalqaro aviachipta; ▪️transfer; ▪️ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari; ▪️ ausbildung davrida yashash joyi uchun harajatlar; ▪️ tibbiy sug‘urta ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Nomzodlarga talablar: ▪️ nemis tilidan kamida B1 darajadagi xalqaro til sertifikati; ▪️ kamida o‘rta maktab shahodatnomasi; ▪️ texnik tushunchaga ega, jismonan sog'lom va mas’uliyatli; Sinov muddati: 1 oy Dastur davomiyligi: 3,5 yil Germaniyada kasb-hunar o‘rganish va kelajakni qurish imkoniyatini boy bermang! 👉Ro'yxatdan o'tish: https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=905 ❗️Eslatma: Ro'yxatdan o'tishda xalqaro darajadagi (Gyote, Telc, ÖsD, TesDaF) nemis tili sertifikatini hamda kamida umumta'lim maktabi shahodatnomasini yuklash hamda horijga chiqish pasporti ega bo'lish talab etiladi. Murojaat uchun: Migratsiya agentligi 1282, 71 202-33-55 📝Kanalga obuna boʻlish; 🐶@qashmigration