Maudhui
Koreyada ishlash maqsadida EPS-TOPIK imtihonlaridan o‘tib, SPAS elektron bazasida tasdiqlangan nomzodlar uchun navbatdagi tanlov kunlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra: 📆22–28-may – Ishlab chiqarish, kemasozlik, tog‘-konchilik 📆29-may – 4-iyun – Qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, qurilish va servis sohalariga 22 418 kvota uchun ish beruvchilar talabiga ko‘ra 17 davlatdan munosib nomzodlar ish beruvchilar tomonidan saralanadi. (qo'shimcha tanlov kunlari 9-10 iyun) Ish beruvchi tanlov jarayonida: ▪️Qancha ishchi kerakligi ▪️Millati (2 xil millatdan tanlashi shart) ▪️Yoshini belgilaydi. ▪️ Shuningdek, zaruratga qarab, bo‘y, vazn, kasb, til bilish kabi talablarni aniqlaydi. 🔴Tizim berilgan mezonlarga mos keladigan nomzodlardan kerakli sonning 3 barobarida ro‘yxat shakllantiradi. Ish beruvchi ular orasidan o‘ziga mos nomzodlarni tanlab, ishchi shartnomalarini yuboradi. ❗️Diqqat ▪️ Ish beruvchi istalgan millat vakillarini tanlash huquqiga ega. ▪️Bazada nomzodlarning qachon imtihon topshirgani ko‘rinmaydi. ▪️ SPAS tizimidagi tasdiq muddati tugagan fuqarolar tanlovda ishtirok eta olmaydi. ‼️Agar sizning SPAS bazasidagi bir yillik tasdiq muddatingizni tugash vaqti aynan tanlov kunlariga to‘g‘ri kelsa, uni ikkinchi yilga uzaytirish uchun o‘z vaqtida Migratsiya agentligiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi. 📞Murojaat uchun: (71) 202 33 55 qisqa raqam 1282 @uzmigration