Maudhui
🇰🇷Koreyada ishlab kelganlarga YANGI XABAR – 627 nafar fuqaroga sug‘urta pullari qaytariladi! 삼성화재 보험 (SAMSUNGHWAJE) 2022-2023-2024-yillar oralig'ida Koreyada E-9 viza bilan ishlab qaytganlar, e’tibor bering! Agar siz ham 13-oylik yoki Samsung sug‘urta pulini olmagan bo‘lsangiz, balki ro‘yxatda bordirsiz? 627 nafar yurtdoshimizga to‘lov qaytarilishi kutilyapti. Pulni olish uchun 4 ta oddiy hujjat tayyorlang va Migratsiya agentligining hududiy filiallariga boring. Kerakli hujjatlar: 1. Fuqarolik pasporti nusxasi (agar Koreyaga borgan davrda pasport almashtirilgan bo'lsa, bu haqdagi ma'lumotni ham taqdim etish lozim. Eski va yangi pasport raqamlari aniq ko'rsatilishi, ism-sharif ingliz tilida yozilishi kerak) 2. Milliy bankdan fuqaro nomiga ochilgan bank hisob raqami hujjati. ( fuqaroning ism-sharifi pasportdagi rasmli betda ko'rsatilgani bilan bir xil bo'lishi lozim. Lotin alifbosida yozilgan, hamda hujjatda bank muhrining bo'lishi shart) 3. Fuqaro nomidan to'ldirilgan ariza. 👉Fuqarolar ro'yxati. 👉Agentlik filiallari manzillari. 👉Ariza anketasini yuklab olish. 👉Anketa to'ldirish namunasi. ‼️Eslatma: Bu pullar hozirgi kunda EPS markazi hisobida ham, Agentlik hisobida ham emas, balki “HRD Korea”ni hisob raqamida turgan mablag‘lardir. Ro'yxatda mavjud fuqarolar hujjatlarni kamchiliklarsiz yig'ib topshirganlaridan so'ng, ma'lumotlar Koreya tomoniga yuboriladi. Hujjatlari tasdiqlangan fuqarolarning pul mablag'lari shaxsiy Milliy bank hisob raqamiga o'tkazib beradi. 📝Кanalga obuna bo'lish 🔤@qashmigration