Maudhui
#Yangi_qaror ❗️Tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborilgan va borgan davlatining qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarish va ularni qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi belgilandi "Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi Hukumat qarori (313-son, 13.05.2025 y. ) qabul qilindi. 📋Endilikda, chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarga quyidagi ta’sir choralari qo‘llanadi: 🔹deportatsiya qilingan fuqaro Migratsiya jamg‘armasi hisobidan qaytarilganda, qaytarish xarajatlarni ushbu fuqarodan undirib olinadi; 🔹Migratsiya jamg‘armasi hisobidan taqdim etilgan subsidiya va kompensatsiya summalarini qaytarib undiriladi; 🔹bir yilgacha muddat davomida rivojlangan davlatlarga tashkillashtirilgan tarzda ishga yuborish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmaydi; 🔹tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada shartnoma shartlari bajarilmagani uchun jarima va uchinchi shaxslarning kafilligi belgilanadi; @uzmigration