TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #4499

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano3,780Idadi ya mionekano
Imechapishwa17 Jun17/06/2025, 06:20
Maudhui ya chapisho

Maudhui

#FIT_LOYIHASI Migratsiya agentligi, Germaniya Federal bandlik agentligi va Hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda yangi imkoniyat! O'qish, imtixon, viza, aviabilet, mutlaqo bepul bo'lgan qulay dastur! 🇩🇪 “Germaniyada iqlim biznesi uchun kelajak iste’dodlari” pilot loyihasi doirasida Germaniyaga malakali ishchi kuchini jalb etish boshlandi! Yo‘nalishlar: ▪️Elektrotexnik (energetika, qurilish texnologiyalari) ▪️Bino qurilishi (g'isht teruvchi, beton quyuvchi) ▪️Pardozchi duradgor ▪️Chilangar (qurilish texnologiyasi) ▪️Santexnika, isitish va havoni tozalash texnologiyalari ▪️Avtomobilsozlik Oylik: 2000 yevrodan boshlanadi! Bo'sh ish o'rinlari: 50 ta Sizni kutayotgan imkoniyatlar: ▪️Til va madaniy tayyorgarlik dasturi, ishga joylashish va Germaniyada mehnat bozoriga moslashishda yordam! ▪️Barqaror ish o‘rni va uzoq muddatli yashash vizasi. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: ▪️ Yosh chegarasi: 20-40 ▪️ Jinsi: Ayol, Erkak ▪️ Germaniya bilan qiziqish va Toshkentda 7-9 oylik bepul intensiv nemis tilini o‘rganishga tayyorlik. ▪️A2 darajasi bo‘yicha nemis tili sertifikati (afzallik beradi). ▪️ Kamida ikki yillik kasb-hunar ta’limi diplomiga ega bo‘lish va so'nggi 5 yil ichida 2 yillik ish tajribasi (ko'rsatilgan sohalarda afzallik bor). ▪️ Haftasiga 5 kun, kuniga 8 soatlik ish grafigi. Ish tajribasi quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak: ▪️Mehnat staji to‘g‘risida ma’lumotnoma (my.mehnat.uz yoki mygov.uz platformasidan). ▪️Ish beruvchi tashkilotdan rasmiy ma’lumotnoma (nomzodning mustaqil mutaxassis sifatida ishlaganligi aniq va mehnat faoliyati batafsil ko‘rsatilishi kerak.). Tanlov jarayoni: ▪️Hujjatlar Germaniya va O‘zbekiston loyiha jamoasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. ▪️Germaniya tomonidan tasdiqlangan nomzod amaliy sinov va suhbat orqali tanlanadi. ▪️Tanlab olinganlar bepul nemis tili kursiga jalb qilinadi va B1 darajasidagi xalqaro sertifikatni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. ❗️Diqqat! Arizangizga quyidagi hujjatlarni ilova qiling: ▪️ Kamida 2 yillik kasb-hunar diplomi va ilova (pdf shaklda) ▪️ Ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat (7 yil ichida ko’rsatilgan sohadan birida kamida 5 yil ishlagan, ish beruvchidan mehnat faoliyatini tasdiqlovchi kamida 2 yillik ma‘lumot pdf shaklda) ▪️ Xorijga chiqish passporti (pdf shaklda) ▪️ Qo‘shimcha malaka hujjatlari (nemis tilidan xalqaro sertifikat, kasb sertifikatlari va boshqalar) 📥Ro'yxatdan o'tish ➡️ Loyiha bilan to'liq tanishish Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqam 501 ish kunlarida 9:00-18:00) 🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali 🌐@uzmigration