TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #4500

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano10,100Idadi ya mionekano
Imechapishwa17 Jun17/06/2025, 08:30
Maudhui ya chapisho

Maudhui

📣 📣 📣 📣 📣 🇰🇷 Ulsan kemasozlik korxonalari uchun tayyorlgan 104 nafar yurtdoshimiz Koreya ish beruvchilari tomonidan tanlandi — navbatdagi imkoniyat SIZ uchun! “HD Hyundai Heavy Industries” bilan hamkorlikda kemasozlik sohasiga malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan 3 oylik o‘quv kurslarining yangi bosqichiga tanlov e’lon qilinadi. ✅ Loyihada kimlar ishtirok etishi mumkin: ▪️20-35 yoshdagi, EPS-TOPIK (kemasozlik/ishlab chiqarish sohalarida) imtihonlarida 80+ ball olganlar; ▪️ballingiz 80 dan kam bo‘lgan taqdirda TOPIK yoki "Qirol Sejong" sertifikatiga ega bo‘lganlar; ▪️SPAS-Elektron bazasida 3-bosqich o‘quv davri (2025-yil 18-avgust - 7-noyabr) yakunlanadigandan so‘ng, kamida 6 oy qo‘shimcha amal qilish muddatiga ega bo‘lganlar. ❗️E’tibor qiling Loyihaning 1- bosqichiga jalb etilgan 104 nafar yurtdoshimizning o‘quv muddati 10-iyunda yakunlandi va tanlovlarda ularning barchasi Koreya ish beruvchilari tomonidan tanlandi! Loyihaning 2-bosqichiga jalb etilgan 97 nafar hamyurtimiz iyul oyida o‘quv jarayoni yakunlaydilar va avgust oyida bo‘lib o‘tadigan ish beruvchilar tanlovlarida tanlanish imkoniyatlari yuqori. 💷Minimal oylik maosh 2 million 96 ming von (ish hajmiga ko‘ra oylik maosh oshib boradi). 📌Loyihaning saralash bosqichida ishtirok etish istagidagi bo'lganlar joriy yil 17-iyundan 27-iyungacha Migratsiya agentligining hududiy filiallariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so'raladi: 1. Anketa 2. Tilxat 3. Pasport nusxasi (rangli) 4. 2 dona foto (3.5×4.5) 5. Til sertifikati (TOPIK yoki Qirol Sejong) 👉Hududiy filiallar manzillari 📞 Murojaat uchun: 71 202 33 55 (ich. 241, 243, 244) 📝Kanalga obuna bo'lish 🌐@qashmigration