TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #4595

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano4,430Idadi ya mionekano
Imechapishwa12 Jul12/07/2025, 15:02
Maudhui ya chapisho

Maudhui

❗️”Ulsan shahriga malakali kadrlar tayyorlash markazi” ga 3- bosqich uchun saralash kunlari ma'lum bo'ldi EPS-Topikning kemasozlik yo'nalishida imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tib, SPAS elektron bazada turgan va joriy yilning 17-27 iyun kunlari anketalarni Agentlikning hududiy filiallariga topshirgan fuqarolar diqqatiga!!! Keyingi bosqich, “Hyundai” kemasozlik kompaniyasi bilan hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlash uchun maxsus o‘quv kurslari imtihon va suhbat asosida saralash bosqichi joriy yilning 15-18 iyul kunlari 3 ta hududda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Saralash kunlari: 2025 yil 15-iyul kuni soat 8:00 da Qarshi shahrida - Qashqadaryo va Surxondaryo viloyat fuqarolari uchun. 📍Manzil 2025 yil 16-iyul kuni soat 8:00 da Samarqand shahrida - Buxoro, Navoiy, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Xorazm, Samarqand va Sirdaryo viloyat fuqarolari uchun. 📍Manzil 2025 yil 17-iyul kuni soat 8:00 da Fargona shahrida - Andijon va Namangan viloyati fuqarolari uchun. 📍Manzil 2025yil 17-iyul kuni soat 8:00 da Fargona shahrida - Fargona, Toshkent shahri va Toshkent viloyati fuqarolari uchun. 📍Manzil Ma'lumot uchun: Kemasozlik yo'nalishi bo‘yicha 492 nafar fuqaro qiziqish bildirgan bo'lib nomzodlar ichidan 4 nafarining anketalari tanlov shartlariga to'g'ri kelmagani uchun chetlatildi. ➡️Ro'yxatni ko'rish ❗️Eslatma: Nomzodlardan soat 7:30 gacha yetib kelishlari so'raladi. 📌 Saralash bosqichining talablari: 1. Koreya elchixonasiga hujjat topshirib vizasi rad etilmagan bo'lishi lozim. 2. Koreya Respublikasida bo'lgan vaqtda Koreya Respublikasi qonunchiligini buzmagan bo'lishli (jarima qo'llanmagan bo'lishi) kerak. @uzmigration