TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #4604

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano3,250Idadi ya mionekano
Imechapishwa15 Jul15/07/2025, 05:33
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🇰🇷SIZ KUTGAN E'LON! Endilikda Janubiy Koreyada malakali ishchi vizasi (E-7) asosida ishlash imkoniyati bor! Migratsiya agentligi va "HD Hyundai" kemasozlik korxonasi hamkorligida Koreya standartlariga mos kemasozlik yo'nalishida malakali kadrlar tayyorlash uchun 3 oylik o‘quv kurslariga hujjatlar qabuli boshlandi. Bu loyiha orqali siz E-7 malakali ishchi vizasi bilan Koreyada rasmiy ishga joylashishingiz mumkin bo‘ladi! Yo'nalishlar: ⚙️ Bo‘yoqchilik ⚡️ Elektrik E-7 malakali ishchi vizasi olish shartlari: Tegishli sohalar bo‘yicha bakalavr diplomi (saralash bosqichidan so'ng apostil talab qilinadi). ▪️Kimyo; ▪️Materialshunoslik; ▪️Arxitektura; ▪️Avtomobilsozlik; ▪️Mexanik muhandislik; ▪️Elektr muhandisligi; ▪️ TOPIK 3 va undan yuqori yoki KIIP dasturining 3-bosqichini yakunlaganlik sertifikati; ▪️ Yosh: 35 yoshgacha; ▪️ Oldin Koreyada qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymagan bo‘lish; ▪️Koreya elchixonasi tomonidan vizasi rad etilmagan bo‘lish; ▪️Sudlanmagan va sog‘lom bo‘lish. Talab etiladigan hujjatlar: Anketa Tilxat Pasport nusxasi (rangli); 2 dona 3.5x4.5 sm hajmdagi surat; Til sertifikati (TOPIK yoki KIIP); Bakalavr diplomi. 📌BUMUHIM! Faqat yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr diplomi mavjud bo‘lgan nomzodlargina tanlovda ishtirok etishi mumkin! 📅Hujjatlaringizni 16-iyul – 18-iyul kunlari Migratsiya agentligining hududiy filiallariga topshirishingiz lozim. 📍Manzillar 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Migratsiya agentligi: 71 202 33 55 (ichki raqamlar: 241, 243, 244) @uzmigration