TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #4650

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano1,740Idadi ya mionekano
Imechapishwa29 Jul29/07/2025, 16:04
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🇩🇪 Endi Germaniyada nafaqat hamshiralar, balki istalgan yo'nalishdagi o'rta tibbiyot xodimlari ishlashi mumkin! Migratsiya agentligi Germaniyaning “Bildung & Beruf GmbH” kompaniyasi hamkorlikda "Parvarishlovchi hamshira" lavozimi uchun yangi imkoniyatlarni taklif qiladi. Oylik maosh: 1800–2200 yevro (Uy-joy ijarasi va ovqatlanish xarajatlari nomzodning o‘z hisobidan). Bo‘sh ish o‘rinlari: 60 ta. Talablar: ▪️Kamida 1 yillik ish tajribasi (hamshiralik sohasida); ▪️Nemis tili bo‘yicha A2+ yoki B1 darajadagi sertifikat; ▪️18–40 yosh oralig‘ida bo‘lgan erkak va ayollar; ▪️Sudlanmagan va sog‘lom bo‘lish. Afzallik: Tibbiyot kolleji (3 yillik) yoki oliy ta’lim (bakalavr) diplomi (istalgan tibbiyot yo‘nalishida). 🎁 Imtiyozlar: ▪️Aviachipta, transfer, rasmiy ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari va tibbiy sug‘urta qoplanadi; ▪️Qo‘shimcha ish soatlari, yakshanba va bayram kunlaridagi ishlarga qo‘shimcha to‘lovlar; ▪️Germaniyada doimiy qo‘llab-quvvatlash. 📥Ro‘yxatdan o‘tish: 📞 Murojaat uchun: 1282, 71 202-33-55 (ichki raqam: 172). @migratsiyaagentligi @uzmigration