Maudhui
📢🇯🇵J-CERT endi Qashqadaryoliklar uchun ham yaqinroq! ✨ Xorijiy til o‘rganuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda Yaponiyada qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirishni xohlovchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiyasi agentligi hamda J-CERT hamkorligida J-CERT test markazi tashkil etilmoqda. ✅ J-CERT — ko‘p darajali xalqaro yapon tili sertifikati bo‘lib, Yaponiya immigratsiyasi tomonidan tan olingan va Yaponiyada o‘qish hamda ishlash maqsadlarida foydalaniladi. 2024-yildan buyon respublikaning 5 hududida imtihonlar o‘tkazib kelinmoqda. Endilikda Qashqadaryolik yoshlar va fuqarolar ham yaqin hududda joylashgan Termiz shahrida imtihon topshirib, o‘z yapon tili darajasini tasdiqlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🌐Imtihon o‘tkaziladigan joy: 📍Termiz shahri 🏢 Transport va qurilish texnologiyalari texnikumi 🔗Manzilni xaritada ko'rish 📅Imtihon sanasi: 7-sentabr (yakshanba) 📝 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi: 4-sentabr ➡️Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: 👉https://j-cert.uz/register 💰 To‘lov havolasi: 👉PAYME (J-CERT) 💰Imtihon narxi: 450 000 so‘m (Termizdagi markaz uchun – 300 000 so‘m) 📊Natijalar: 48 soat ichida e’lon qilinadi. ℹ️ Test haqida batafsil ma’lumotlarni j-cert.uz saytidan yoki @j_certuzbekistan Telegram kanalidan olishingiz mumkin.