TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #4776

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano3,600Idadi ya mionekano
Imechapishwa26 Ago26/08/2025, 10:05
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🇸🇰 Slovakiyada ishlashni xohlaysizmi? Mana imkoniyat! Migratsiya agentligi orqali Slovakiya avtomobil sanoati zavodida ishlab chiqarish operatori lavozimiga ayollar qabul qilinmoqda. Oylik maosh: 1250 yevro (brutto), 900 yevro (netto). Dastlabki 2 oy: 750–800 yevro. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: ▪️40 yoshgacha bo‘lgan ayollar; ▪️O‘rta ma’lumotga ega bo‘lish; ▪️Rus tilini og‘zaki va yozma darajada bilish; ▪️Ishlab chiqarishda tajriba afzallik beradi; ▪️Sudlanmaganlik; ▪️Yaxshi jismoniy holat (gipertoniya, diabet, yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lmasligi); ▪️Tibbiy ko‘rik va narkologik testidan muvaffaqiyatli o‘tish. Korxona: ZKW Slovakiya; Ish vazifalari: ▪️avtomobil faralari detallarini yig‘ish, saralash, tekshirish va qadoqlash; ▪️Ish tartibi: 3 smenali tizim, haftasiga 5 kun, 7,5 soatlik smenalar; ▪️to‘liq ish bandligi. 💶 Maosh va mukofotlar, yiliga 2 marotaba bonus: iyun va dekabr oylarida har biri 800 yevro (brutto). Ish beruvchi tomonidan taqdim etiladi: ▪️Mahalliy transport; ▪️Yashash joyi (oyiga 100 yevro ish haqidan ushlab qolinadi); ▪️Ish kiyimi; ▪️Tibbiy sug‘urta; ▪️Oila a’zolarini olib kelish imkoniyati; ▪️Ish kiyimi. ⚠️ Muhim eslatmalar: ▪️Ishchi vizasini olish, avia chipta xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi; ▪️Ishga qabul qilish faqat tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi; ▪️Ish sharoitlari ishlab chiqarish bo‘limiga qarab biroz farq qilishi mumkin. ❗️Nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi. 👉Ro‘yxatdan o‘tish: 📞 Murojaat uchun: 1282 ☎️ Qo‘shimcha savollar uchun: 71 202‑33‑55 (ichki raqam: 172). @migratsiyaagentligi @uzmigration