Maudhui
🇬🇧 Buyuk Britaniyada ishlash uchun onlayn-ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi! HOPS Labour Solutions 2026-yil mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari uchun onlayn-ro‘yxatdan o‘tishni ochadi! Ish sharoitlari: 💷 Maosh: 12,21 funt/soat (bugungi kunda 16,55$) 🕐 Haftaning kamida 32 soati ish 📑 Viza: 319 funt ✈️Avia chipta narxi – valyuta kursi va xarid vaqtiga qarab belgilanadi. 👩🌾 Kimlar ishtirok etishi mumkin? ✔️ 18 yoshdan kattalar ✔️ Rus tilini yaxshi biladiganlar ✔️ Jismoniy va ruhiy holati yaxshi bo‘lganlar ✔️ Ayollar arizasi qo‘llab-quvvatlanadi. Tanlov bosqichlari: 1-bosqich. Onlayn-ro‘yxatdan o‘tish 📅 Onlayn-ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 15-sentyabr soat 13:30 da boshlanib, 21-sentyabr soat 22:00 da yakunlanadi (Toshkent vaqti bilan). ❗️Ro‘yxatdan o‘tish havolasi ushbu saytda va bizningkanalimizdae’lon qilinadi👇 https://www.hopslaboursolutions.com/recruitment-instructions ❓Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tish uchun nimalar kerak Nomzodning amaldagi xorijga chiqish pasporti Gmail elektron pochta manzili (pasportdagi ism va familiya to‘liq ko‘rsatilishi lozim) ⚠️ Muhim: Onlayn-ro‘yxatdan o‘tish keyingi bosqichlarda ishtirok etishni kafolatlamaydi – bu faqat sizning qiziqishingizni tasdiqlaydi. 2-bosqich. Onlayn-test 📅 2025-yil 1–2 oktabr kunlari o‘tkaziladi. 👉 HOPS taxminan 5 000 nomzodni onlayn-testga taklif qiladi. Instruksiyalar ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan elektron pochtaga yuboriladi. ❌ Testga taklifnoma olmagan arizachilar birinchi bosqichdan o‘tolmagan hisoblanadi. 3-bosqich. Oflayn suhbat 📍 HOPS bosh ofis vakillari ishtirokida 👉 HOPS taxminan 1 000 nomzodni oflayn suhbatga taklif qiladi ❌ Onlayn-testdan so‘ng oflayn suhbatga taklifnoma olmaganlar ikkinchi bosqichdan o‘tolmagan hisoblanadi. 🛑 Diqqat qiling: ⚠️ Muhim! Tanlov jarayonini to‘liq HOPS amalga oshiradi. Mavsumiy ishchilar dasturi doirasida ishga joylashtirish mutlaqo bepul. ❌ Firibgarlar va pul evaziga ish taklif etayotgan shaxslar, konsalting firmalardan ehtiyot bo‘ling! ❗️Agar kimdir ularga pul to’lagani aniqlansa,suhbatga taklif etilmaydi. 📌Barcha rasmiy ma’lumotlar faqat ushbu kanalda berib boriladi. 🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali