Maudhui
⚡️ O‘quv markazi tashkil etmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlar uchun yana bir imkoniyat! Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “Ko‘mak” loyihasi ishga tushirildi. Loyiha xorijiy tillar bo‘yicha C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega (va uni olganiga 2 yildan oshmagan), ayniqsa olis va chekka hududlardachet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlari ochish istagidagi yoshlar uchun. Loyiha orqali yosh tadbirkorlarga 3 yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 million so‘mgacha ssuda (foizsiz qarz) beriladi. Imtiyozdan foydalanish uchun so‘rovnomani to‘ldiring. “Ko‘mak” loyihasi — bu jadid bobolarimiz boshlab bergan ma’rifatparvarlik an’analarining zamonaviy davomidir. @alisher_sadullaev