TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #4857

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano3,000Idadi ya mionekano
Imechapishwa16 Sep16/09/2025, 11:20
Maudhui ya chapisho

Maudhui

DIQQAT!!! 🇬🇧Bugun Toshkent vaqti bilan soat 13:30 da Angliyaga mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish ochiladi. Hurmatli kuzatuvchilar, Buyuk Britaniyaning “HOPS” rekruting kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari uchun 2025-yil 15-sentyabr soat 13:30 dan, 21-sentyabr soat 22:00 gacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi(Toshkent vaqti bilan). Tanlov qanday bosqichlardan iborat? 1-bosqich. Onlayn-ro‘yxatdan o‘tish ❓Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tish uchun nimalar kerak Nomzodning amaldagi xorijga chiqish pasporti Gmail elektron pochta manzili (pasportdagi ism va familiya to‘liq ko‘rsatilishi lozim) ⚠️ Muhim: Onlayn-ro‘yxatdan o‘tish keyingi bosqichlarda ishtirok etishni kafolatlamaydi – bu faqat sizning qiziqishingizni tasdiqlaydi. 2-bosqich. Onlayn-test 📅 2025-yil 1–2 oktyabr kunlari o‘tkaziladi. 👉 HOPS taxminan 5 000 nomzodni onlayn-testga taklif qiladi. Instruksiyalar ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan elektron pochtaga yuboriladi. ❌ Testga taklifnoma olmagan arizachilar birinchi bosqichdan o‘tolmagan hisoblanadi. 3-bosqich. Oflayn suhbat 📍 HOPS bosh ofis vakillari ishtirokida 👉 HOPS taxminan 1 000 nomzodni oflayn suhbatga taklif qiladi ❌ Onlayn-testdan so‘ng oflayn suhbatga taklifnoma olmaganlar ikkinchi bosqichdan o‘tolmagan hisoblanadi. 👉RO'YXATDAN O'TISH LINKI ⚠️ Eslab qoling! Tanlov to‘liq “HOPS" kompaniyasi tomonidan bepul amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bu jarayonda ishtirok etmaydi. Migratsiya agentligi tanlangan fuqarolarning Buyuk Britaniyaga jo‘nab ketishini keyinchalik tashkil etish bilan shug‘ullanadi. ❌ Firibgarlar va pul evaziga ish taklif etayotgan shaxslar, konsalting firmalardan ehtiyot bo‘ling! ❗️Agar kimdir ularga pul to’lagani aniqlansa, suhbatga taklif etilmaydi. 📌Barcha rasmiy ma’lumotlar faqat ushbu kanalda berib boriladi. 📝Кanalga obuna bo'lish 🐶@qashmigration