Maudhui
🇩🇪 Germaniyada ishlash uchun ajoyib imkoniyat! Migratsiya agentligi, Germaniya Federal bandlik agentligi va Hunarmandlar uyushmasibilanhamkorlikda “Germаniyadа iqlim biznesi uchun kelаjаk iste’dodlаri” qurilish va texnika sohasidagi malakali mutaxassislar uchun 3-bosqichiga start berilmoqda. Ish o'rinlari: 50 ta Tanlovga jalb etiladiganlar soni: 100 nafar Tanlov o'tkazuvchi tashkilot: Germaniya federal bandlik agentligi (suhbat va test ko‘rinishida) Ish joyi manzili: Germaniya bo‘ylab. 💰Oylik maosh: oyiga 2050 yevrodan boshlab; ✅ Sinov muddati: 3 oy; 🕒Ish jadvali: 3 smenali, haftada 5 ish kuni, kuniga 8 soatdan, 🏠Turar joy: Germaniya yashash standartlariga muvofiq turar joy topib beriladi. To’lov nomzod hisobidan,oyiga 300-500 yevro o‘rtasida; Ovqatlanish: nomzod hisobidan. ✅ Imtiyozlar: nemis tilini o’qitish, o’qitish mobaynida stipendiya, xalqaro til sertifikati uchun imtihon to’lovi (bir martalik), bir tomonga xalqaro aviachipta, aeroportdan ish joyigacha transfer, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta, integratsiya jarayoni, maxsus ishchi kiyim, keyinchalik oila bilan birlashish imkoni ham bor. 🧮Nomzod hisobidan Germaniyaga yetib borguncha xarajatlar yo‘q. Sohalar: ▪️elektrik; ▪️santexnika, isitish va sovitish tizimlari bo‘yicha mexanik; ▪️qurilish texnologiyasi mutaxassisi; ▪️bino-inshootlar quruvchisi (devor, zinapoya yoki shaxtalar qurish); ▪️betonchi va temir-betonchi (ko‘priklar, sexlar va ko‘p qavatli binolar qurilishi); ▪️duradgorlik ishlari bo‘yicha pardozchi (shift, cherdak, sinch va yog‘och karkasli qurilmalar); ▪️tom yopuvchi (tom karkasi uchun yog‘och konstruksiyalar yasash); ▪️yo‘l quruvchisi; ▪️yengil avtomobil texnigi (mexanik, elektronik, gidravlik va pnevmatik tizimlarni sozlash). ➡️Yo'nalishlar haqida batafsil ma'lumot olish uchun havola so'zini ustiga bosing! Talablar: ▪️yuqoridagi kasblarning biri bo‘yicha davlat tomonidan tan olingan kamida ikki yillik kasb-hunar ta’limi diplomi(qo‘shimcha sertifikati yoki ishlab chiqaruvchi korxonalarning maxsus kurslarida qatnashganlik afzallik beradi); ▪️so‘nggi 5 yil ichida kamida 2 yillik tegishli ish tajribasi(ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat); ▪️yosh chegarasi 20 – 40 oralig'i; ▪️sudlanmagan va jismonan sog‘lom. 🎁 Bonuslar: Germaniya standartlari asosida nazariy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun Gyote Institutida 7-9 oy davomida nemis tilini o’rganish dasturi bepul tashkil etiladi; ▪️nemis tilidan A2 darajaga chiqqan ishtirokchilarni Germaniya ish beruvchilari tomonidan suhbat asosida tanlab olinib, mehnat shartnomasi tuziladi va B1 daraja uchun yo'naltiriladi; ▪️B1 darajaga chiqqan ishtirokchilarga xalqaro imtihon, viza, aviabilet xarajati ish beruvchi tomonidan to'liq qoplanadi va ish bilan ta'minlanadi. ❗️Har bir nomzod Migratsiya agentligining XORIJDA ISH platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi. 🔗 Ro'yxatdan otish uchun havola👉https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=1062 Murojaat uchun: Migratsiya agentligi 1282, 71 202-33-55 (107, 106, ) 📢 Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!