Maudhui
🇺🇿🇯🇵Yangi imkoniyatlar sari – Kasbiy ko‘nikmalar markazida yaponiyalik mehmonlar! Qarshi shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Markazimizga Yaponiyaning Orion Computer Co., Ltd kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Hisako Ishikawa hamda kompaniya o‘quv ishlari boshlig‘i Yasushi Kikuchi tashrif buyurdi. Ushbu kompaniya IT-xizmatlar, kasbiy ta’lim va xalqaro kadrlar tayyorlash yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Uchrashuv davomida markazdagi oshpazlik va elektromontyorlik kasblari, yapon tili kurslarining mavjudligi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Suhbat davomida yoshlar uchun: Yaponiyada qonuniy mehnat faoliyati IT yoʻnalishida xalqaro tajriba yo‘lga qo‘yilishi haqida kelishuvlarga erishildi. ☎️Aloqa uchun: 55-401-61-70 97-719-97-73 📍Manzil: Qarshi shahri, A.Navoiy, 70a-uy 🔹Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Youtube