Maudhui
🇺🇿🇩🇪O‘zbekistonda hamshiralik sohasida o‘qing — Germaniya klinikalarida ishlang! Bo’lajak hamshiralar, Germaniyada ishlashni xohlaysizmi❓ Orzularingiz sari Germaniya Tibbiyot Akademiyasi bilan birga qadam tashlang❗️ 📌 Sizni nimalar kutmoqda? ▪️Germaniyaning nufuzli klinikalarida karyera ▪️Yuqori maosh va ijtimoiy kafolatlar ▪️Oilani olib ketish imkoniyati 📚Dastur haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Shvesariyaning “Globogate Concept AG” kompaniyasi va Germaniyaning “Axen” universiteti klinikasi hamkorligida O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan 15 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari uchun maxsus ishlab chiqildi. 👩⚕️🧑⚕️Kimlar uchun 2025-2026 o‘quv yilida Respublikamiz bo'ylab, Abu Ali ibn Sino nomidagi 15 ta Jamoat salomatligi texnikumining 1-bosqichida qabul qilingan, nemis tilini o‘rganib, Germaniyada ishlashni xohlovchi talabalariga! 📚 Ta’lim qanday olib boriladi ▪️Nemis tili B2 darajasigacha (3 yil) ▪️Germaniya tibbiyot tizimi bo‘yicha maxsus modullar ▪️3-kursda Germaniya klinikasi bilan mehnat shartnomasi 🇩🇪 Nega aynan Germaniya ▪️Barqaror va xavfsiz mehnat bozori ▪️ Innovatsion klinikalar, eng zamonaviy davolash va parvarish protokollari ▪️ Nemis hamkasblar bilan teng huquq va majburiyatlar, teng maoshlar ▪️ Tungi smena, dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun ustama haq ▪️ To‘liq tibbiy sug‘urta va mehnat huquqlari muhofazasi ▪️ Oilaviy yashash va ishlash uchun cheksiz imkoniyatlar 💡 Germaniya — chet ellik hamshiralarga Yevropa markazida doimiy yashash va ishlash uchun ajoyib imkoniyatlarni taklif qilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqaror davlat. 📣💜💜💜 O‘rinlar soni cheklangan: har bir ishtirokchi tibbiyot texnikumida 2 tadan guruh ochiladi! Ro’yxatdagi JST’lardan biriga ariza topshirishga shoshiling! 15 ta tibbiyot texnikumlari (JST) ro‘‘yxati: • Toshkent 1-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi JST • Yangiyo‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi JST • Guliston Abu Ali ibn Sino nomidagi JST • Jizzax Abu Ali ibn Sino nomli JST • Samarqand Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi JST • Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi JST • Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi JST • Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi JST • Farg‘ona Abu Ali ibn Sino nomidagi JST • Marg‘ilon 2-son Abu Ali ibn Sino nomidagi JST • Namangan 2-son Abu Ali ibn Sino nomidagi JST • Buxoro Abu Ali ibn Sino nomidagi JST • Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi JST • Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi JST • Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi JST ☎️Murojaat uchun: +998 99 833 48 48 (Globogate) @GMA_globogate Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!