TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #4986

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano1,430Idadi ya mionekano
Imechapishwa29 Okt29/10/2025, 06:00
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🛫 Osiyodagi eng yirik aviakompaniyalardan birining xodimi bo‘lishga tayyormisiz? Migratsiya agentligi va Malayziyaning "AirAsia X Berhad" aviakompaniyasi bort kuzatuvchisi yo'nalishida bo'sh ish o'rinlarini taklif qiladi! Ish o'rinlari: 40 ta Tanlovga jalb etiladiganlar soni: 100 nafar. Tanlov o'tkazuvchi tashkilot: Migratsiya agentligi va AirAsia kompaniyasi ( oflayn suhbat asosida) Ish joyi manzili: Selangor, Malaysia. ❓Tanlovda kimlar qatnasha oladi: o‘rta (maxsus) ta’lim darajasiga ega, 5 yoki undan yuqori darajadagi IELTS yoki boshqa ingliz tili sertifikati bor, rus tilida erkin gaplasha oladigan,18 yoshga to‘lgan erkak va ayollar. 💰Oylik maosh: 1200 dan 2000 AQSh dollarigacha. 🕒 Ish jadvali: haftasiga 4-5 kun ✅ Imtiyozlar: ishchi viza olish bilan bog‘liq xarajatlar, aviabilet, sinov muddati davomida turar joy, tibbiy sug‘urta ish beruvchi hisobidan; 🧮 Nomzod hisobidan xarajatlar: 🏠 Aeroport yaqinidagi turar joylar 100 AQSh dollari atrofida; 🚖 Taksi xarajatlari oyiga 200 AQSh dollari; 🍝 Ovqatlanish kunlik taxminan 10 AQSh dollari. Ish talablari: ▪️Yo'lovchilar xavfsizligi va qulayligini ta'minlash; ▪️Xavfsizlik choralarini tekshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish; ▪️Samolyotga chiqish va favqulodda vaziyatlarda yordam berish; ▪️Ovqat va ichimliklar tarqatish; ▪️Bosim ostida xotirjamlikni saqlay bilish; ▪️Uzoq reyslar, smenalar va sayohatlarga moslashish. ❗️Har bir nomzod Migratsiya agentligining XORIJDA ISH platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi. 🔗Ro'yxatdan otish uchun havola👉https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=1224 📞 Murojaat uchun: (+998)71-202-33-55, ichki raqam 133 “Now everyone can fly” Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!