TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #5033

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano5,890Idadi ya mionekano
Imechapishwa6 Nov06/11/2025, 11:29
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🇺🇿 🇩🇪 Joriy yilning 6-noyabr kuni “Globogate concept AG.” kompaniyasi vakillari bilan birgalikda Qashqadaryo viloyatida bir qator uchrashuvlar oʻtkazildi. ✅ Jumladan, viloyat hokimining oʻrinbosari A.Qobilov, viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi N.Qurbonovlar bilan loyihani viloyatda kengaytirish, mavjud muammolar toʻgʻrisida soʻz olib borildi. ✅ Shunigdek, Qarshi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Germaniya tibbiyot akademiyasi ochilishi munosabati” bilan texnikumning “Hamshiralik ishi” va “Feldsher” yoʻnalishlarida qabul qilingan hamda Germaniyaga ketish istagida boʻlgan hamshiralar uchun onlayn va oflayn tarzda bepul nemis tili oʻquv kurslari, loyihaga tibbiyot hodimlarini jalb qilish va kelgusida Migrasiya agentligi orqali Germaniyaga ishga yuborish boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazilib, tinlovchilarga axborot va maslahatlar berildi. 📣Telegram|Facebook|Xorijdaish.uz