Maudhui
B-C toifadagi haydovchilik guvohnomangiz bormi?Yoki quruvchimisiz? Migratsiya agentligi va Yaponiyaning "Proud Partners" kompaniyasi YAPONIYADA HAYDOVCHILIK hamda QURILISH sohasida bo'sh ish o'rinlarini taklif qiladi! 📚Asosiy talab Yaponiya kompaniyasi tomonidan tashkil qilinadigan 6-8 oylik bepul o'quv kurslarida ishtirok etishga tayyor bo'lish! Ish o'rinlari: 250 ta (Yetkazib beruvchi haydovchi), 150 ta (Qurilish) Tanlov o'tkazuvchi tashkilot: "Proud Partners" kompaniyasi (1-2-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan oflayn suhbat asosida) Ish joyi manzili: Yaponiya bo'ylab Kimlar tanlovda qatnasha oladi: 🚛Haydovchilik uchun — B-C toifadagi haydovchilik guvohnomasi bor, 21-35 yosh oralig'idagi, xavfsizlikka e’tiborli, intizomli haydovchilar. 🏗Qurilish sohasiga — 18-35 yosh oralig'idagi, xavfsizlikka e’tiborli, intizomli nomzodlar. 💰Oylik maosh: 2000 AQSh dollaridan boshlanadi; Qo‘shimcha ish (overtime): belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlangan soatlarda yanada yuqori daromad olish imkoniyati mavjud; 🎁Bonus: ish unumdorligiga qarab yiliga 2 marta moddiy rag’batlantirish; 📈Maosh oshishi: yiliga 1 marta; 🕒Ish jadvali: Haftada 5 kun, 8 soat; 🏠Turar joy: ish beruvchi tomonidan beriladi va xodim o'z hisobidan oyiga 200 AQSh dollari to‘laydi, qolganini kompaniya qoplab beradi. ✅ Imtiyozlar: Aviabilet xarajatlari qoplanadi, ishchi viza rasmiylashtiriladi, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlanadi; 🧮Nomzod hisobidan xarajatlar: ovqatlanishga oyiga 300 AQSh dollari atrofida sarflanadi. Til talabi: Yapon yoki ingliz tilini bilganlarga ustunlik beriladi. Yapon tilini o'rganish uchun Toshkent viloyati Angren shahrida bepul kurslar tashkil etiladi, yotoqxona bilan ta'minlanadi. ❗️Har bir nomzod Migratsiya agentligining XORIJDA ISH platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi. 🔗Ro'yxatdan otish uchun havola👇 Haydovchilik Qurilish sohasi ☎️Murojaat uchun: 1282, 71 202-33-55 (ichki raqam 545) Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!