Maudhui
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida quyidagi vazifa va imkoniyatlar belgilab olindi: - muddatli harbiy xizmatning yangi modeli shakllantirilishi belgilandi, bunda har bir harbiy xizmatchi armiyadan qaytganda kasbiy ko‘nikmalar va real istiqbollarga ega bo‘ladi; - "Bir million dasturchi" va "Sun’iy intellekt sohasida besh million yetakchi" dasturlari doirasida har yili 5 ming nafar muddatli harbiy xizmatchilar o‘qitiladi; - muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek, harbiy xizmatdan qaytgandan keyin o‘qishi qo‘llab-quvvatlanadi, shu jumladan sertifikat xarajatlari qoplanadi va foizsiz ta’lim kreditlari beriladi; - muddatli harbiy xizmatdan qaytganlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish choralari kengaytirilmoqda, shu jumladan ularning tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanadi va ishga joylashishda qo‘shimcha imtiyozlar beriladi; - harbiy xizmatchilarning xizmat va turmush sharoitlari yanada yaxshilanadi, harbiy xizmatchilar, ularning oilalari va harbiy pensionerlarni ijtimoiy himoya qilishga alohida e’tibor qaratiladi: - 1-apreldan boshlab ofitserlarning ko‘p yillik xizmati uchun ustama haqi 2 baravarga oshiriladi; - kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va serjantlarning ish haqi 10 foizga oshiriladi; - hududiy mudofaa organlarining harbiy bo‘lmagan xodimlari mehnatiga haq to‘lash joriy yilda 20 foizga, kelgusi yilda yana 50 foizga oshiriladi; - 30 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilarga pensiya hisoblashda hisobga olinadigan pul ta’minoti miqdori 75 foizdan 100 foizgacha oshiriladi; - ma’naviy-ma’rifiy tarbiya maqsadida joriy yilda harbiy qism va muassasalar 1 million nusxada badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanadi; - armiyada sportni rivojlantirish davom ettiriladi, jumladan, yoshlarning qiziqishiga javob beradigan zamonaviy yo‘nalishlar joriy etiladi; - yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bunda raqamli makon xususiyatlarini hisobga olish muhimligi ta’kidlandi. — Также на заседании Совета безопасности под председательством Президента Шавката Мирзиёева определены следующие задачи и возможности: - обозначено формирование новой модели срочной военной службы, при которой каждый военнослужащий получает профессиональные навыки и реальные перспективы после демобилизации; - ежегодно 5 тысяч военнослужащих-срочников будут обучаться в рамках программ "Один миллион программистов" и "Пять миллионов лидеров в сфере ИИ"; - создаются условия для поступления военнослужащих в высшие учебные заведения в период службы, а также поддержки обучения после демобилизации, включая компенсацию расходов на сертификаты и предоставление беспроцентных образовательных кредитов; - расширяются меры содействия занятости демобилизованных военнослужащих, включая поддержку предпринимательства и дополнительные преимущества при трудоустройстве; - принято решение о дальнейшем улучшении условий службы и быта военнослужащих, особое внимание уделено социальной защите военнослужащих, их семей и военных пенсионеров: - с 1 апреля надбавка за выслугу лет для офицеров увеличивается в 2 раза; - заработная плата контрактных солдат и сержантов повышается на 10 процентов; - оплата труда гражданского персонала территориальных органов обороны увеличивается на 20 процентов в текущем году и ещё на 50 процентов в следующем; - при расчете пенсий для военнослужащих со стажем более 30 лет учитываемый размер денежного довольствия увеличивается с 75 процентов до 100 процентов; - в целях духовно-нравственного воспитания в текущем году военные части и учреждения будут обеспечены 1 миллионом экземпляров художественной литературы; - продолжится развитие спорта в армии, включая внедрение современных направлений, отвечающих интересам молодёжи; - подчеркнута важность воспитания молодежи в духе патриотизма с учетом реалий цифровой среды. Facebook|Instagram|X