TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #5254

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano4,330Idadi ya mionekano
Imechapishwa14 Jan14/01/2026, 06:37
Maudhui ya chapisho

Maudhui

E-7 VIZASI ASOSIDA KOREYADA ISHLASH IMKONIYATI! Migratsiya agentligi va “HD Hyundai” hamkorligida Koreya standartlari asosida kemasozlik yo‘nalishida 3 oylik o‘quv kurslariga hujjatlar qabuli boshlandi. O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar E-7 malakali ishchi vizasi orqali Koreyada rasmiy ish bilan ta’minlanadi! Bo‘sh ish o‘rinlari: ⚙️ Bo‘yoqchi — 2 nafar ⚡️ Elektrik — 14 nafar 📅Quyidagi hujjatlar 15–23-yanvar kunlari Migratsiya agentligining hududiy filiallaridaqabul qilinadi: - Anketa - Tilxat - Pasport nusxasi (rangli) - 2 dona foto (3,5 × 4,5 sm) - Bakalavr diplomi nusxasi (saralash bosqichidan so'ng apostil talab qilinadi). 📍Hududiy filiallar mazillari Saralash tanlovlarini ish beruvchi suhbat va yozma imtihon asosida o'tkazadi(koreys tilida) Loyihada kimlar ishtirok eta oladi? ▪️Kimyo, materialshunoslik, arxitektura, avtomobilsozlik, mexanik yoki elektr muhandisligi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha bakalavr diplomiga ega; ▪️Koreyada qonunbuzarligi va viza rad etilishi bo‘lmagan, sudlanmagan, sog‘lom, 35 yoshgacha bo'lganlar; ▪️Til sertifikati (TOPIK, Sejong, KIIP) mavjud nomzodlarga ustunlik beriladi. ❗️ Eslatma: faqat yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr diplomiga ega nomzodlar tanlovda ishtirok etishlari mumkin. 📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqamlar: 241, 243, 244) 📢Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardanXORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!