TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #5255

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano2,570Idadi ya mionekano
Imechapishwa15 Jan15/01/2026, 05:54
Maudhui ya chapisho

Maudhui

SPAS ELEKTRON BAZASIDA TURGANLAR UCHUN MUHIM YANGILIK 📌 Migratsiya agentligi va "HD Hyundai Heavy Industries" hamkorligida kemasozlik sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun maxsus o‘quv kurslariga navbatdagi tanlov ochildi! 📌Loyiha doirasida 2025-yilda jami 408 nafar bitiruvchidan, 356 nafari bugungi kunda "Hyundai" zavodlarida ish boshlagan. 📍O‘qish joyi: Farg‘ona shahridagi KOICA Mintaqaviy kasb hunarga o'rgatish markazi(yotoq joy, o’qish bepul); ❓ ❓Loyihada kimlar ishtirok etishi mumkin: ▪️SPAS elektron bazasida ish izlovchilar orasidagi; ▪️ EPS-TOPIKning kemasozlik va ishlab chiqarish imtihonlarida 80+ ball olgan, 80 dan kam bo‘lgan taqdirda TOPIK yoki "Qirol Sejong" sertifikati bor; ▪️ Bazada2026 -yil 29 - maydan keyin kamida 6 oy amal qilish muddatiga(2026-yil noyabrgacha) ega bo'lgan 20-35 yosh oralig'idagi nomzodlar. 💷Minimal oylik maosh: 2,156,000 von =bugungi kunda 1484 $ (ish hajmiga qarab oshadi). 📌 Hujjatlar 12-yanvardan 23-yanvargacha Migratsiya agentligining hududiy filiallarida qabul qilinadi: 1. Anketa 2. Tilxat 3. Xorijga chiqish pasporti nusxasi (rangli) 4. 2 ta fotosurat (3.5 × 4.5) 5. Til sertifikati (TOPIK/ "Qirol Sejong") ➡️Hududiy filiallar manzillari 🗓 Muhim sanalar: ✅ Hujjatlar topshirish: 12-yanvar – 23-yanvar ✅ Hujjatlar asosida saralash natijalarini e'lon qilish: 2026-yil 28-yanvar ✅ Suhbat+test: 9-fevral – 13-fevral ✅ O‘qishga qabul qilinganlar e’loni: 2026-yil 23-fevral ✅ O'qish muddati: 9-mart – 29-may (taxminan 3 oy) ✅ Yakuniy baholash: 2026-yil 29-may ✅ Yakuniy natijalar e’loni: 2026-yil 5-iyun 🚫 Eslatma: AvvalKoreyada noqonuniy harakatlar sodir etib jarimaga tortilgan, noqonuniy faoliyat olib borgan yoki elchixonaga qalbaki hujjat taqdim etganligi sababli vizaga rad javobini olgan nomzodlar hujjat topshirishlari man etiladi!!! ❗️( Hyundai kompaniyasining talabiga muvofiq, barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tib, viza olish jarayonida yuqoridagi holatlar sabab vizadan rad javobi olgan nomzod belgilangan tartibda jarimaga tortiladi). 📞 Ma'lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqam: 241, 243, 244) Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!