Maudhui
"B" HAMDA "B-C" TOIFADAGI HAYDOVCHILIK GUVOHNOMANGIZ BORMI? Migratsiya agentligi va Yaponiyaning "Proud Partners" kompaniyasi YAPONIYADA HAYDOVCHILIK sohasida ishga taklif qiladi! 📚Asosiy talab — joriy yil 16-fevralda Toshkent viloyati Angren shahrida boshlanadigan 6-8 oylik bepul o'quv kurslarida ishtirok etishga tayyor bo'lish! (yotoqxona bilan ta'minlanadi) Ish o'rinlari: 100 ta (Yetkazib beruvchi haydovchi) Tanlov o'tkazuvchi tashkilot: "Proud Partners" kompaniyasi (28-30-yanvar kunlari onlayn suhbat asosida) Ish joyi manzili: Yaponiya bo'ylab Kimlar tanlovda qatnasha oladi: 🚗🚛B yokiBC toifadagi haydovchilik guvohnomasi bor, 21-35 yosh oralig'idagi, xavfsizlikka e’tiborli, intizomli haydovchilar. Yapon yoki ingliz tilini bilganlarga ustunlik beriladi 💰Oylik maosh: 2000 AQSh dollaridan boshlanadi; Qo‘shimcha ish (overtime): belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlangan soatlarda yanada yuqori daromad olish imkoniyati mavjud; 🎁Bonus: ish unumdorligiga qarab yiliga 2 marta moddiy rag’batlantirish; 📈Maosh oshishi: yiliga 1 marta; 🕒Ish jadvali: Haftada 5 kun, 8 soatdan; 🏠Turar joy: ish beruvchi tomonidan beriladi va xodim o'z hisobidan oyiga 200 AQSh dollari to‘laydi, qolganini kompaniya qoplab beradi. ✅ Imtiyozlar: Aviabilet xarajatlari qoplanadi, ishchi viza rasmiylashtiriladi (harajat kompensatsiya qilinadi), tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlanadi; 🧮Nomzod hisobidan xarajatlar: ovqatlanishga oyiga 300 AQSh dollari atrofida sarflanadi. ❗️Har bir nomzod Migratsiya agentligining XORIJDA ISH platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi. 🔗Ro'yxatdan otish uchun havola https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=1239 ☎️Murojaat uchun: 1282, 71 202-33-55 (ichki raqam 535, 545) Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!