TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #5356

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano5,210Idadi ya mionekano
Imechapishwa3 Mac03/03/2026, 03:12
Maudhui ya chapisho

Maudhui

O‘zbekiston Respublikasining Isroildagi Elchixonasi Isroilda 12-martga qadar joriy etilgan “Favqulodda holat” munosabati bilan murojaat qildi ❗️ XAVFSIZLIK QOIDALARI 🔊 Sirena yangraganda Darhol yaqin atrofdagi bunker yoki boshpanaga kiring. Ochiq hududda qolmang. 📵Tasvirga olish taqiqlanadi Raketa tushgan joylar va sirena paytidagi holatlarni foto/video qilish mumkin emas. Qonuniy javobgarlik mavjud. ⚠️ Shubhali buyumlar Noma’lum jismlarga yaqinlashmang, qo‘l tekkizmang. Portlamagan bo‘lishi mumkin. Xavfsiz masofaga o‘ting va xizmatlarga xabar bering. 📞 MUROJAAT UCHUN Chet ellik ishchilar: Isroil Aholi va immigratsiya boshqarmasi (PIBA) ☎️ 1-700-707-889 Tezkor xizmatlar: 🚓 100 — Politsiya 🚑 101 — Magen David Adom 🚒 102 — Yong‘in-qutqaruv 🛡 104 — Front orti qo‘mondonligi ✈️ VATANGA QAYTISH (Misr orqali) Isroildan chiqish: “Taba/Begin” nazorat-o‘tkazish punkti orqali. 📌 Hujjatlar: Pasport va zarur hujjatlar. 📍 Marshrut: Taba — Sharm ash-Shayx (270 km). ✈️ Parvozlar: Uzbekistan Airways Centrum Air Qanot Sharq Air Samarkand Misr hududida ko‘mak: O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ☎️ +20233364516 ☎️ +201281444867 🇺🇿 ELCIXONA ALOQALARI (Isroil) 📞 03-672-2466 📞 03-672-2371 📞 03-758-5075 📞 03-758-5076 🚨 Favqulodda (24/7): +972 54 485 1397 📲 Telegram: “KONSULLIK XIZMATI” 📧 [email protected] ⚠️ Faqat rasmiy manbalarga tayaning. Xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiling. Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!