Maudhui
#eslatma 🇰🇷 EPS-TOPIK 2026! Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi “EPS” markazi tomonidan bu yil EPS-TOPIK testlari o'tkazilishi haqida xabar bergan edik. 🗓 EPS-TOPIK 2026 — onlayn ro‘yxatdan o‘tish 9–12 mart kunlariga rejalashtirilmoqda! (9-mart kuni havola va video yo'riqnoma beriladi) 🛂 E-9 viza (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish) 📌 Talablar: ▪️ Xorijga chiqish pasportiga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi; ▪️18 yoshga toʻlgan (2008-yil 9-mart sanasidan oldin tugʻilgan) hamda 40 yoshga toʻlmagan (1986-yil 10-mart sanasidan keyin tug‘ilgan) ▪️ Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilmagan, sudlanmagan boʻlishi lozim. 📎Roʻyxatdan oʻtish uchun nimalar kerak? ✔️ Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG format); ✔️ 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (100x300 piksel) gacha JPG format); ✔️ Faol telefon raqami; ✔️ Koreya tomonidan belgilangan to'lov: 28 $ miqdorida so'm ekvivalenti (to'lov amalga oshirilayotgan kundagi Markaziy bank kursida) ⚠️ Migratsiya agentligi imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi. Til va kasbiy malaka testlaridan (skills) o'tganlar Koreyaning SPAS ish izlovchilar bazasiga kiritiladi va 2 yil davomida ish beruvchilar tanlovlarida qatnashadilar. Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!