TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #5451

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano7,010Idadi ya mionekano
Imechapishwa26 Mac26/03/2026, 09:34
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🇯🇵ORION YAPON TILI MARKAZI FAOLIYATINI KASBIY KO’NIKMALAR MARKAZIDA BOSHLAYDI Yapon tilini o‘rganish, xorijda o‘qish yoki Yaponiyada ishlashni rejalayapsizmi? Unda siz uchun yangi va qulay imkoniyat yaratildi. Qashqadaryo viloyat hokimligi hamda Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan ORION Yapon tili markazi Qarshi shahri Kasbiy ko‘nikmalar markazi binosida joriy yilning 1-aprel sanasidan o‘z faoliyatini boshlaydi. Markazda ta’lim ikki bosqichda olib boriladi: ⏺dastlabki 6 oy davomida yapon tili o‘rgatiladi; ⏺keyingi 6 oy davomida tanlangan kasb bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. 30 yoshdan oshmagan fuqorolar uchun mashg‘ulotlar tajribali yapon mutaxassislari hamda ish beruvchilar ishtirokida olib boriladi. Bu esa tinglovchilarga til bilan birga real kasbiy ko‘nikmalarni ham egallash imkonini beradi. Ta’lim yakunida: ✔️ viza va zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘mak beriladi; ✔️ Yaponiyada ishga joylashish yoki ta’limni davom ettirish jarayonlari tashkil etiladi. Uzoq hududlardan kelgan tinglovchilar uchun yotoqxona xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Darslar boshlanishi: 1-aprel Manzil: Qarshi shahri, Kasbiy ko‘nikmalar markazi 📞Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 77 380 12 12 +998 50 758 47 17 +998 77 479 47 74 📣Telegram|Facebook|Xorijdaish.uz