Maudhui
📢 Xalqaro loyihalar doirasida ochiq uchrashuvlar o'tkazilmoqda Migratsiya agentligi hamda “ORION” yapon tili markazi o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi asosida Yaponiyada ta’lim olish va mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlariga bag‘ishlangan ochiq uchrashuvlar tashkil etildi. 👥 Uchrashuv davomida yoshlar uchun Migratsiya agentligining viloyat filiali rahbari hamda “ORION” yapon tili markazi direktori tomonidan Yaponiyada qonuniy ta’lim olish va ishlash tartiblari, loyiha doirasidagi yapon tili kurslari hamda mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 💬 Shuningdek, yoshlarning xorijda qonuniy ishlash, ishga joylashish tartiblari va imkoniyatlarga oid murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi va tegishli tushuntirishlar berildi. Kanalga obuna bo'lish https://t.me/qashmigration