TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← MIGRATSIYA QASHQADARYO
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT POST

Post #5494

@qashmigration

MIGRATSIYA QASHQADARYO

Mionekano3,360Idadi ya mionekano
Imechapishwa9 Apr09/04/2026, 10:22
Maudhui ya chapisho

Maudhui

SOHIBQIRON AMIR TEMUR – BUYUK TARIX VA ABADIY IBRAT TIMSOLI (690 YILLIK TAVALLUD AYYOMI) Bugun nafaqat milliy tariximiz, balki jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk sarkarda, adolatli hukmdor va mohir davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun keng nishonlanmoqda. Sohibqiron bobomiz asos solgan kuchli markazlashgan davlat hamda u ilgari surgan “Kuch — adolatdadir” tamoyili bugungi kunda ham Yangi O‘zbekiston davlat boshqaruvi va huquqiy tizimining mustahkam ma’naviy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. Amir Temur o‘zining “Tuzuklar” asarida ta’kidlaganidek: “Davlat ishlarining to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini esa qilich bilan amalga oshirdim.” Mazkur purma’no hikmat bugun ham har bir rahbar va davlat xizmatchisi uchun muhim strategik yo‘llanma bo‘lib qolmoqda. Sohibqiron bobomizning matonati, donishmandligi va vatanparvarligi Vatanimiz ravnaqi yo‘lida barchamiz uchun ibrat bo‘lsin! 📣Telegram|Facebook|Xorijdaish.uz