Maudhui
📢E-9 VA E-7 VIZASI ASOSIDA KOREYADA ISHLAMOQCHIMISIZ? 📌 Migratsiya agentligi va "HD Hyundai Heavy Industries" hamkorligida kemasozlik sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun maxsus o‘quv kurslariga yilning2-tanlovi bo'lib o'tadi! 📌Loyiha doirasida 2025-yilda jami 408 nafar ishtirokchidan, 367 nafari bugungi kunda "Hyundai" zavodlarida ish boshlagan. 📍O‘qish joyi: Farg‘ona shahridagi KOICA markazi. (O'qish va yotoq joy xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan to’lab beriladi). 💰Minimal oylik: 2,156 von (~1428$) ❓Е 9 vizasi uchun loyihada kimlar ishtirok etishi mumkin: ▪️SPAS elektron bazasida ish izlovchilar orasidagi; ▪️ EPS-TOPIKning kemasozlik va ishlab chiqarish imtihonlarida 80+ ball olgan, 80 dan kam bo‘lgan taqdirda TOPIK yoki "Qirol Sejong" sertifikati bor; ▪️ Bazada2026 -yil 28 - avgustdan keyin kamida 6 oy amal qilish muddatiga(2027-yil fevralgacha) ega bo'lgan 20-35 yosh oralig'idagi nomzodlar. 🔹Bakalavr diplomiga ega elektriklar uchun E-7 vizasi bo'yicha tanlov!!! 📌 Talablar va hujjatlar: ▪️ Elektrik yo‘nalishda bakalavr diplomi; ▪️ yosh chegarasi - 22-yoshdan 35 yoshgacha; ▪️ Sudlanmagan va Koreya elchixonasidan viza rad javobi olmagan nomzodlar; ▪️ Koreys tilini bilish (sertifikat ustunlik beradi). ▪️Anketa ▪️Tilxat ▪️ Pasport nusxasi (rangli) ▪️ 2 dona foto (3.5×4.5) ▪️ Til sertifikati (mavjud bo‘lsa) ▪️ (E-7 uchun) Diplom nusxasi 🗓 Muhim sanalar: ✅ Hujjatlar 9-apreldan 17-aprelgacha Migratsiya agentligining hududiy filiallarida qabul qilinadi 📍Hududiy filiallar mazillari ✅ test +Suhbat: 27-aprel – 1-may ✅ O‘qishga qabul qilinganlar e’loni: 2026-yil 6-may ✅ O‘qish muddati: 8-iyun – 28-avgust (taxminan 3 oy) ✅Yakuniy baholash: 2026-yil 28-avgust ✅ Yakuniy natijalar e’loni: 2026-yil 4-sentabr 🚫 Eslatma: Avval Koreyada qonunbuzarlik qilgan, jarimaga tortilgan, nolegal ishlagan yoki qalbaki hujjat sabab viza rad etilganlar hujjat topshira olmaydi! ⚠️ Muhim: Minimal baholash mezonlariga javob bermaganlar HD Hyundai tomonidan loyihadan chiqariladi. 📞 Ma'lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqam: 241, 243, 244) Yaqinlaringizga tarqating! 📣Telegram|Facebook|Xorijdaish.uz