Maudhui
🇺🇿🇯🇵Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar: til o’rganib Yaponiyada ishlash imkoniyati Kasbiy ko’nikmalar markazida Qarshi shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida “ORIONYAPON” markazi tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur tashabbus O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, yoshlarni kasb-hunar va xorijiy tilga o‘qitish orqali ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan. Markaz Yaponiya tomoni hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda yapon tili va kasbiy ko‘nikmalar bo‘yicha zamonaviy o‘quv jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan. Tinglovchilar uchun kelgusida Yaponiyada qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Ushbu loyiha orqali yoshlarning malakasi oshirilib, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 📍O‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar Kasbiy ko‘nikmalar markaziga murojaat qilishlari mumkin. 📞Aloqa uchun: +998773801212 +998507584717 +998774794774 📌Qarshi shahri Kasbiy ko'nikmalar markazi axborot xizmati Bizning sahifalarimiz: 📌Telegram | 📌Instagram |📌Youtube | 📌Facebook | 📍Bizning manzil