Maudhui
🇺🇿🇯🇵 Yaponiya tajribasi asosida bandlik va kasbga tayyorlash tizimi o‘rganilmoqda Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda Qarshi shahri Kasbiy ko’nikmalar markazi delegatsiyasining Yaponiyaga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida mehnat migratsiyasi, kasb-hunar ta’limi hamda bandlik yo‘nalishlaridagi ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda. 👍Xizmat safari davomida delegatsiya a’zolari Tochigi va Ibaraki prefekturalarida bo‘lib, qator tashkilotlar, kasb-hunar kollejlari, texnik xizmat ko‘rsatish markazlari hamda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. ➡️Jumladan, Utsunomiya, Nikko, Tsuchiura va Tsukuba shaharlarida xorijiy fuqarolar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, kasbiy tayyorgarlik tizimi hamda ish beruvchilar bilan hamkorlik mexanizmlari o‘rganildi. 🤝Uchrashuvlar davomida fuqarolarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 📌Qarshi shahri Kasbiy ko'nikmalar markazi axborot xizmati Bizning sahifalarimiz: 📌Telegram | 📌Instagram |📌Youtube | 📌Facebook | 📍Bizning manzil