TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
Ramazon tafti 🕋 avatar

TGINSIGHT CHAT

Ramazon tafti 🕋

@ramazontafti

Elimu

Muborak Ramazon oyida "Ramazon tafti" deb nomlangan yaxshi loyiha🌙 Loyiha maqsadi: 1 oy davomida qo'ldan kelgancha ko'proq insonlarga ezgu amal ulashish “Ehsonning mukofoti, faqat ehsondir!”

Wanachama123Wanachama wa sasa
Machapisho29Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni5,270Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 1 kati ya 3 · machapisho 29

Imechapishwa siku 18 zilizopita

108 views

Imechapishwa siku 25 zilizopita

Hurmatli qizlar! Kuzatuvlarim natijasida ayrim yig’ilib qolgan savollarga javob berib o’taman! 1. Nimaga tozalash ishlariga so’rovnoma tashilgandan so’ng, 3-5-6 kishi ham bo’lsa borilmayapti ? — Sababi, masjid katta va biz 9 da ishni boshlasak 12 gacha tugatishimiz kerak, 3-5 kishi bilan esa butun masjidni tozalashga ulgurmemiz enga kami 10 kishi bo’lishi lozim ko’ngildagidek tozalash uchun✅ (Yana bir sabab boraman deb plus belgi yuborgan qizlarning kelmay qolayotganligi bir marta emas bu holat ko’p marotab bo’ldi va ishonch yo’qoldi, eng kami 15 kishi yozsa 10 ta keladi deb hisobini olaman) 2. Ayrim qizlar o’zimizning uyimizga yaqin masjidga boraylik deb har biringiz o’zingizga yaqinini taklif qilayapsiz ! — Bizda umumiy 20 dan ortiq shaxar hududiga yaqin masjidlar ro’yxati bor va tozalash ketma-ketligi mavjud odam soniga qarab masjid katta kichikligiga qarab tanlanadi. Yil davomida har birini kamida 1 marta tozalagan bo’lishimiz lozim. Biz hech kimni majburlamaymiz xohlovchilar so’raladi doyim. (Agar o’zingizga yaqin masjidni tozalash niyatingiz bo’lsa, bizni olib borishimizni kutmang uydagilariz orqali borishingiz mumkin, aka yo ota-onangizga bir og’iz aytsangiz yetarli ) 3. Masjidni aynan qaysi hududini tozalashga boramiz ? — Bu kabi savol biroz ko’ngilni xira qiladi, sababi masjid ulug’ dargohlardan biri ya’ni Allohning uyi deyiladi. Masjidga qaraydigan har bir joyni tozalash ulug’ savob amaldir. Masjid hududiga kiradigan joylarni: namozxona, tahoratxona, hovli, kirish yo‘laklari, gilamlar, deraza va eshiklar, atrofi va ko‘cha qismi ( Hadislarda masjidga xizmat qilgan insonlar maqtalgan. Bir rivoyatda masjidni supurib-tozalab yuradigan ayol vafot etganda, Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. uni so‘rab, qabri ustida duo qilganlari zikr qilingan. Bu esa masjid xizmatining naqadar qadrlanishini ko‘rsatadi.) Savollar bo’lsa @shuxrat_asadullayevich ga murojaat qiling✅

227 views

Imechapishwa 29 Apr

🕌 Masjid tozalaymizmi? Ro‘za oyidan keyin hashar ishlari biroz ortga surilib qoldi. Endi esa buni birgalikda to‘g‘rilash vaqti keldi! 📍 Alhamdulillah, Jizzaximizning yirik masjidlaridan biri — Imom A’zam masjidida umumiy hashar bo‘lib o‘tadi. 🗓 3-may (yakshanba) ⏰ Soat 08:30 Shu kuni masjidimizda obodonlashtirish va tozalik ishlarini boshlaymiz. 🧹 🤝 Barchangizni ushbu savobli ishda faol qatnashishga chorlab qolamiz! Keling, birgalikda masjidimizni yanada pokiza va fayzli maskanga aylantiraylik! 🤲 📞 (94)378-69-69 | Telegram orqali yozish

482 views

Imechapishwa 21 Apr

Ammo Ramazon tugashi bilan, odatdagidek, ko‘pchilik kanalni tark etadi… ayni damda ham shu holatni ko‘ryapmiz.

282 views

Imechapishwa 29 Mac

Assalomu alaykum 😊 Azizlar, bir narsani samimiy aytmoqchimiz… Biz ushbu loyihani 3 yildan beri yuritamiz. Har Ramazon oyida ko‘plab yaxshi niyatli insonlar kanalimizga qo‘shilib, qo‘llab-quvvatlaydi 🤲. Ammo Ramazon tugashi bilan, odatdagidek, ko‘pchilik kanalni tark etadi… ayni damda ham shu holatni ko‘ryapmiz. O‘ylab qolamiz: iymon, ilm va yaxshilikka intilish faqat bir oy uchungina bo‘lishi kerakmi? Axir qalbni mustahkamlaydigan, niyatni poklaydigan, hayotga foyda beradigan amallar yil davomida ham zarur-ku… 🌙 To‘g‘ri, faoliyatimiz asosan Ramazon oyida yanada faollashadi. Lekin imkon qadar boshqa oylarda ham masjidlarda hashar qilib, poklikka hissa qo‘shishga harakat qilamiz. Bu ish faqat bizga bog‘liq emas — bu sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz bilan davom etadi 💭 Agar shu kanal sabab qalbingizda yaxshilikka kichik bo‘lsa ham intilish uyg‘ongan bo‘lsa — kanalni tark etmasligingizni so‘raymiz. Sizning qolishingiz biz uchun dalda, boshqalar uchun esa foydaga sabab bo‘lishi mumkin 🤍 Yaxshilikni faqat Ramazon bilan cheklab qo‘ymaylik… uni hayot tarziga aylantiraylik. Zero, biz ulashayotgan videolar o‘zimizni ko‘z-ko‘z qilish uchun emas. Maqsadimiz — bizni ko‘rib, boshqalar ham bu savobli amalni o‘zlari mustaqil ravishda, xohlagan vaqtida bajarishlari uchun kichik sabab bo‘lish. ..

377 views

Imechapishwa 19 Mac

📍“Qo’shbarmoq” Jome masjidi Masjid yo‘lida qilgan har bir mehnatingiz sizlar uchun sadaqai joriya bo‘lsin. Sizlarning ixlos bilan qilgan mehnatingiz, inshaAlloh, Qiyomat kuni nur bo‘lib qaytsin! Rahmat hammangizga kattakon☺️ ©️Ramazon tafti loyihasi ta’sischilari

526 views

Imechapishwa 16 Mac

#duo Ya Robbim, gunohlarimizni kechir, barcha ishlarimizdagi bilimsizlik va chegaradan o'tib qilgan jinoyatlarimizni, va barcha O'zingga ayon bo'lgan xatolarimizni avf et. Allohim, gunohlarimizni kechir, bilib, bilmasdan, hazil qilib bo'lsa ham, sodir qilib qo'ygan gunohlarimiz uchun bizni jazolama. Allohim, bizni avvalgi va keyingi, ochiq va yashirin gunohlarimizni kechir. O'zing hidoyatga boshlovchi, va hidoyatdan mahrum qilib qo'yguvchi, butun borliq ustida qudratli Zotsan. Ya Alloh, bizga bu dunyo va u dunyo yaxshiliklarini ato et, biz bilgan va biz bilmagan yomonliklardan O'z panohingda asragin. Allohim, Sendan, Rosuling so'ragan xayriyatlarni so'raymiz, va Sendan Rosuling panoh so'ragan narsalardan panoh so'raymiz. Allohim, Sendan jannatni so'raymiz, Sendan jannatga eltuvchi so'z va amallarni so'raymiz. Va Sendan jahannamga yaqinlashtiruvchi ishlardan bizni uzoq qilishingni so'raymiz. Allohim, ikkala dunyoda ham saodatli bo'lishni so'raymiz, oilamizda, ishimizda, molimizda, kelajagimizda ofiyatni so'raymiz. Allohim, bizni har qanday sharmandagarchilikdan, qutqar. Bizni oldimizdan, orqamizdan va ikkala yonimizdan ham, ostimiz va ustimizdan ham O'z himoyanga ol. Fazl-u Karaming haqqi, xorlik ila o'lim topishdan saqla. Allohim, O'zingga bo'lgan qo'rquvni qalbimizga joylab qo'y. G'azablanganimzda adolat va haqiqat ila gapirishlikda yordam ber. Ehtiyojimizda, boyligimizda meyorni, qadarga rozilikni so'raymiz. O'limdan keyin, yaxshi hayotni, jamolingga yetishlikni va Sen bilan uchrashishlikni nasib et. Bu yo'lda na baxtsizlik va na yomon amallarimiz bizga to'siq bo'lmasin. Ey Robbim, Sendan boshqa iloh yo'qligiga, guvohlik beraman. O'z qalbimning chirkinliklaridan, huzuringda panoh istayman. Shaytonning hiylasidan, nafsimning halokatidan panoh tilayman. Ey Robbim ishlarimda sabot, qattiylik ber, to'g'ri yo'ldan ozdirma Robbim. Meni shukr qilguvchilardan va Senga samimiy tavba qilguvchilardan ayla. Qalbimni salomat, tilimni haq so'zlaguvchi qil. O'zingga ayon bo'lgan eng yaxshisini ber, va O'zingga ayon bo'lgan eng yomonidan asra. Allohim, qabr azobidan, qiyomat daxshatidan asra!

327 views

Hashtags

Imechapishwa 15 Mac

📍Imom Buxoriy Jome Masjidi Masjidlarimizni pokiza tutish yo‘lida astoydil xizmat qilgan barcha opa-singillarimizdan Alloh taolo rozi bo‘lsin. Qilgan har bir sa’y-harakatlaringizni o‘zi maqbul aylab, ajr-u savoblaringizni behisob qilsin. Barchangizga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin 🤍 ©️Ramazon tafti loyihasi ta’sischilari

387 views

Imechapishwa 8 Mac

🕌 Masjidni tozalash — Allohning uyiga xizmat qilishdir. Ulamolar aytadilar: kim masjidga xizmat qilsa, Alloh uning gunohlarini kechirishiga sabablar yaratadi. 🤲 Masjidlarda hashar qilish — katta savob. Alloh barchamizning xizmatlarimizni qabul qilsin. ©️Ramazon tafti loyihasi ta’sischilari

549 views

Imechapishwa 1 Mac

Assalomu alaykum va rohmatullohu va barokatuh 🌿 Masjidlarimizni pokiza tutish yo‘lida astoydil xizmat qilgan barcha opa-singillarimizdan Alloh taolo rozi bo‘lsin. Qilgan har bir sa’y-harakatlaringizni o‘zi maqbul aylab, ajr-u savoblaringizni behisob qilsin. Masjid — Allohning uyi. Unga xizmat qilish esa ulug‘ sharaf va buyuk ne’matdir. Sizlarning ixlos bilan qilgan mehnatingiz, to‘kilgan har bir tomchi teringiz, ko‘tarilgan har bir qadamingiz hasanot tarozusini og‘ir qiladigan amallardan bo‘lsin🤲 Alloh taolo bu xizmatingizni dunyoda baraka, oxiratda najot sababchisi qilsin. Qalblaringizni nurga to‘ldirib, oilalaringizga fayz-u baraka ato etsin. Bizga homiylik qilayotgan tadbirkor akalarimizdan Alloh rozi bo’lsin, savob-u ajrlarini behisob qilsin. Masjid yo‘lida qilgan fidoyiligingiz sizlar uchun tuganmas savob manbai bo‘lib yozilsin. InshaAlloh, Qiyomat kuni bu xizmatlaringiz yorug‘ yuz va shodlik sababiga aylansin. Barchangizga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin 🤍 ©️Ramazon tafti loyihasi ta’sischilari

504 views

Imechapishwa 22 Feb

Masjid — qalblar poklanadigan maskan. Uni pok saqlash esa katta sharafdir. Bugungi hasharda jonbozlik ko‘rsatgan barcha opa-singillarimizdan Alloh rozi bo‘lsin. Qilgan har bir mehnatingiz, ko‘targan har bir changingiz, artgan har bir joyingiz sizlar uchun savob va nur bo‘lsin 🤲 ©️Ramazon Tafti loyihasi ta’sischilari

1,060 views

Imechapishwa 22 Feb

Assalomu alaykum va rohmatullohu va barokatuh😇 Masjid tozalash hashari ishlarida sidqidildan ishtirok etgan barcha opa-singillarimizdan Alloh taolo rozi bo‘lsin. Qilgan xizmatlaringizni O‘zi dargohida qabul aylab, savoblaringizni ziyoda qilsin. Zero, masjidga xizmat qilish — eng fazilatli amallardandir. Alloh taolo qilgan xizmatingizni hasanot daftarlaringizga yozib, ajru mukofotini ziyoda qilsin. Masjid yo‘lida qilgan har bir mehnatingiz sizlar uchun sadaqai joriya bo‘lsin. Sizlarning ixlos bilan qilgan mehnatingiz, inshaAlloh, Qiyomat kuni nur bo‘lib qaytsin! Rahmat hammangizga kattakon☺️ ©️Ramazon tafti loyihasi ta’sischilari

441 views
IliyotanguliaUk. 1 kati ya 3Inayofuata