TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Suxrob Xurramov | Blog
Suxrob Xurramov | Blog avatar

TGINSIGHT POST

Post #577

@suxrobblog

Suxrob Xurramov | Blog

Mionekano1,670Idadi ya mionekano
Imechapishwa19 Apr19/04/2025, 09:48
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Gradient Yaqinda bir nechta dizaynerlarning ishini ko‘rgandim, background’ning har joyiga gradient berib qo‘yishgan, natijada dizayn ko‘zga yoqimsiz ko‘rinishga kelib qolgan ekan. Aslida dizaynda gradient ishlatish yaxshi. Lekin gradientni ham o‘rnida va eplab ishlatish kerak. Aksiga olib, gradientsiz holatda taqdimot qilishganda ham ko‘zga yoqimliroq ko‘rinar edi, nazarimda. Umuman olganda, UI dizaynida gradientlar bilan ishlashda o'tkir va keskin ranglardan ko‘ra, sokinlikni ifodalovchi, yumshoq va bilinmas gradientlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu esa ko‘rish uchun yoqimliroq taassurot qoldiradi. — Tavsiya, gradient ustidan qora rangli matn yoki qora rangli elementlar ishlatmaslikka harakat qiling. Uni oʻrniga gradient ustiga ishlatadigan matnlaringiz boʻlsa oq rangda qoʻllashga moslashtiring. Odatda gradient bilan uning ustidagi qora ranglar chiqishmaydi, yoinki yoqimsiz koʻrinadi. @suxrobblog | #fikrlar#gradient